Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o`zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya'ni churra darvozasi turli o`lchamlarda bo`ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo`shlig`iga tushirish imkoniyati mavjud.
Tug`ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo`tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o`lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo`lishi mumkin.
Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo`shlig`iga to`g`rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig`lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko`rigiga olib borish zarur!