x

Aslida, sayyoramizda yashab turgan har bir inson noyobdir. Ammo, ba’zilari boshqalarga qaraganda ko’prooq g’ayrioddiy xususiyatlarga ega. Quyida dunyodagi ana shunday noyob bolalar bilan tanishasiz. 

Jonkris Karl – 300 tishli bola
9 yoshli filippinlik ushbu bolada juda ham uchraydigan holatni guvohi bo’lishingiz mumkin. Undagi tishlar normal odamlarikiga qaraganda qariyb 10 barobarga ko’proq. Jonkris  300 ga yaqin tish bilan tug’ilgan. Uning baxtiga onasi ortiqcha tishlarini olib tashlash operatsiyasini o‘tkazish uchun yetarli mablag‘ to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Bolaning og'zi normal holatga kelishi uchun yettita jarrohlik operatsiyasini o'tkazishga majbur bo’lgan.

Elise Tan Roberte – IQ 156
Elise dunyodagi eng aqlli qiz. Uning IQ darajasi 156 ni tashkil etadi. IQ – intellektuallik koeffitsiyenti, qisqa qilib aytganda, aql darajasi bo’lib, uni maxsus test va sinovlar orqali aniqlash mumkin Qizaloqning IQsi Nyutonnikidan atigi bir necha daraja past bo’lib, o’z tengdoshlari ichida eng yuqorisidir. Aslida, bolalarning normal intellekt koeffitsiyenti eng baland ko’rsatkichi 120-129 bo’lib, O’ta yuqori deya baholanadi. Eliseda esa bu holat ancha balanddaligini ko’rishimiz mumkin. U gapirishni 5 oyligida, yurishni esa 8 oyligida boshlab yuborgan. 2 yoshida ispan tilida 10 gacha sanab, dunyodagi barcha davlatlarning poytaxtlarini yoddan aytib bera olar edi. 

Pan Sianxan – baliq bola
Pan tug’ilishi bilanoq “baliq bola” nomini olgan. Sababi, uning terisi butunlay baliq tangalari bilan qoplanga o’xshaydi. Bu noyob teri kasalligi bo’lib, doimiy qichishish va harakatlarni cheklashi tufayli hayotni qisqartiradi. Afsuski, ushbu kasallik bedavo hisoblanib, shifokorlar ushbu bolaning umriga umi bildirishmagan. 

Kristina Pimenova – dunyodagi eng chiroyli qizaloq
Kristina 3 yoshida modellik bilan shug’ullanishni boshlab yuborgan. U 9 yoshida xalqaro miqyosda “dunyodagi eng go’zal qiz” nomini olgan. Qizcha hozirda Dolce & Gabanna, Roberto Kavvali kabi nufuzli brendlarning modelyeri hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda millionlab kuzatuvchilarga ega. 

Rebekka va Kimberli Yeung
Ular 8-9 yoshida Lego launchee deb nomlangan havo zondini yasab, ishga tushirishgan. Ushbu qurilma o’z koordinatalari, havo harorati, tezlik va bosim hamda boshqa ma’lumotlarni yerga uzatish imkoniga ega. Bolalarning bu ixtirosi ilk bor havoga ko’tarilganda, qurilma bilan birgalikda ularning o’lgan mushugi Lookining rasmi va suveniri ham birgalikda stratosferaga ko’tarilgan. Zond kutilganidan ham yaxshiroq ishlab, ixtirochilar kutmagan ma’lumotlarni ham yerga yetkazgan.

 

To Top ↑
To Top ↑