Ota-ona uchun farzand eng ulug` ne'matlardan biri ekani ko`p bora ta'kidlanadi. Shuningdek, farzand uchun ham ota-ona eng aziz zotlar bo`lib, yaxshi farzand ular oldida quyidagi burchlarni ado etmog`i lozim.
1. Ota-onaga yoshlikda qanday bo`lsa, ulg`ayganda ham shunday itoatda bo`lish;
2. Ularga yaxshilik qilish. Dinimizda "Ota-onaga yaxshilik qil", deb buyurilgan;
3. Ularni e'zozlash, hurmatlarini joyiga qo`yish, qo`llaridan o`pib, cheksiz hurmat ko`rsatish.
4. Ulardan toqatdan ortiq narsa talab qilib, toliqtirib qo`ymaslik.
5. Ota-onani har qanday insondan ustun qo`yish. Yaxshilik qilmoqchi bo`lsa, yoki biror narsa hadya qilmoqchi bo`lsa, avval ota-onadan boshlash.
6. Doimo Allohga duo qilib, ularning haqqiga rahmat, mag`firat so`rash;
7. Ularga hech qachon "uf'" demaslik. O`zi ikkitagina harfdan iborat bo`lsa-da, bu so`z qalblarni larzaga keltiradi.
8. Ularga muloyimlik bilan "Onajon", "Otajon" deb murojaat qilish, hech qachon ismlari bilan chaqirmaslik.
9. Ulardan ranjimaslik, xafa bo`lmaslik, asabiylashmaslik.
10. Ularni doim roziliklarini olishga harakat qilsh;
11. Ularni darg`azab qilmaslik.
12. Ularga yuksak ehtirom ko`rsatish. Rivoyat qilishlaricha, solih zotlardan biri onasi bilan ovqatlanmas ekan. Odamlar buning sababini so`rashsa, "Onam dasturxondagi taomlardan birini emoqchi bo`lsalar-u, men o`sha taomga avvalroq qo`l uzatib, eb qo`ysam, oq bo`lishdan qo`rqaman", degan ekan.
Ushbu maslahatlar farzandlar uchun ota-onalari oldidagi burchlarini ado etishda foydali bo`ladi degan umiddamiz.