Yig`lash: chaqaloqlar va 0-8 yoshli bolalar
Yig`lash - hamma chaqaloqlar va bolalarga xos odat, ba'zilari esa juda ko`p yig`laydi. Ammo buni bilish doim ham yig`lashni engishni osonlashtirmaydi. Quvonarlisi shundaki, bolalar o`sib, rivojlangani sayin kamroq yig`lay boshlaydi.
Chaqaloq va bolalar yig`isi haqida
Hamma bolalar och bo`lganda, charchaganda, o`zini noqulay sezganda, kasal yoki og`riq bezovta qilganida yig`laydi. Ba'zida ular mehrga muhtoj bo`lgani uchun yig`laydilar. Kichkintoylar va katta yoshdagi bolalar, shuningdek, xafa, tushkun holatda yoki g`azablanganida ham yig`lashi mumkin.
Ammo goho yig`layotgan bolaga nima kerakligini aniqlash qiyin bo`ladi, ayniqsa, u hali gapirmasa.
Shuning uchun, farzandingiz yig`laganida, avvalo, uning kasal yoki shikastlanmaganini tekshiring. Agar ishonchingiz komil bo`lmasa, shifokor qabuliga yoziling.
Agar bola boshqa sabablarga ko`ra yig`layotgan bo`lsa, yordam berish uchun ko`p narsa qilishingiz mumkin.
Hech qachon yig`layotgan bolani siltamang, urmang yoki shikastlamang. Agar bolani xafa qilishim mumkin deb o`ylasangiz, bundan to`xtang. Yuring va chuqur nafas oling. Yordam uchun kimnidir chaqiring - bu do`stingiz, qo`shningiz yoki biror mutaxassis bo`lishi mumkin.
Chaqaloqlar: yig`i
Chaqaloqlar yig`lash qobiliyati bilan tug`iladi. Yig`lash ular bilan muloqot qilishning asosiy usuli.
Har o`n chaqaloqdan taxminan bittasi ko`p yig`laydi, "ko`p" - kuniga uch soatdan ko`proq. 12 oygacha bo`lgan bolalar ko`pincha tushdan keyin va kechqurun yig`laydilar. Bu siz uchun juda stressli bo`lishi mumkin.
Kuchli yig`lashning bu bosqichi, ehtimol, siz o`ylagandan tezroq o`tadi.
Yig`layotgan chaqaloqqa qanday munosabatda bo`lish kerak?
Birinchi qadam - chaqalog`ingizning och, charchagan yoki noqulay ahvoldaligini tekshirish. Vaqt o`tishi bilan chaqaloqlarning yig`lash turlari nimani anglatishini bilib olasiz.
Mana, yana bir nechta foydali strategiya:
Kichkintoyni aravachaga joylashtiring va sayr qiling. U yig`lashdan to`xtamasa ham, harakatda bo`lganda yig`ini engish osonroq bo`ladi.
Do`stingiz yoki qarindoshingizdan chaqalog`ingiz eng ko`p yig`layotgan kunlarda yordam so`rang. Yordam so`rash har doim yaxshi.
Agar ruhiy tushkunlikda bo`lsangiz, chaqaloqni xavfsiz joyga qo`ying va besh daqiqalik tanaffus qiling. Farzandingizning bir necha daqiqa yig`lashiga yo`l qo`ysangiz, unga zarar keltirmaydi va vaziyatni nazorat ostiga olishingizga yordam beradi.
Yig`layotgan chaqaloqqa tasalli berganingizda u dunyo xavfsiz va unda nimalar bo`lishini oldindan anglash mumkin bo`lgan joy ekanini bilib oladi. U sizga ishonadi va kamroq yig`laydi.
Kichkintoylar yig`lasa
Go`daklar chaqaloqlar bilan bir xil sabablarga ko`ra, shuningdek, umidsizlik, xijolat yoki rashk kabi yangi va qiyin his tuyg`ular bilan kurashish uchun ham yig`laydi.
Bolaning yig`lashini qanday boshqarish kerak?
Agar bolangiz jismonan sog`lom bo`lsa, quyidagi maslahatlar yordam berishi mumkin.
Agar bolani charchagan deb o`ylasangiz, dam olish sizga yordam beradi. Yoki unga musiqa yoki ertak tinglash uchun biroz vaqt ajratishingiz mumkin.
Agar yig`i uyqu vaqtidan oldin ro`y bersa, bolani tinchlantirish uchun sizga yordam kerak bo`ladi.
Agar bola g`azablansa yoki qattiq asabiylashsa, tinchlanish uchun uni xavfsiz joyga olib boring.
Agar farzandingiz asabiylashsa,birgalikda echim topishga harakat qiling. Masalan, "Sen tushkunsan, chunki o`yinchog`ing qulab tushib ketdi. Kel, birga urinib ko`ramiz”. Tuyg`uni nomlash bolangiz uchun uning his-tuyg`ularini tushunishingizni bildiradi. Bu, shuningdek, o`z-o`zini boshqarishni o`rganishga yordam beradi.
Agar kichkintoyingiz injiqlanayotgan bo`lsa, joyni o`zgartiring, masalan, ko`chada yuring, unga ko`pikli vanna qabul qildiring yoki bolalar musiqasini qo`yib, birga raqs tushing. Bu qanchalik zavq berishini ko`rib, o`zingiz ham hayron bo`lishingiz mumkin.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar yig`lasa
Farzandingiz gapira boshlagach, nima uchun xafa bo`lgani va unga nima kerakligini so`z bilan aytish osonroq bo`ladi. Ehtimol, bola bilan uning his-tuyg`ulari haqida gaplashish osonroq bo`ladi.
Maktabgacha yoki maktab yoshidagi bolaning yig`lashini qanday boshqarish kerak?
Agar farzandingiz jismonan sog`lom bo`lsa, quyidagi g`oyalarni qo`llab ko`ring.
Farzandingizga tinchlanish imkoniyatini bering, keyin nima uni bunchalik xafa qilganini so`rang. O`z hislarini unga qaytarib, tinglayotganingizni ko`rsating. Masalan, "Said, sen bilan o`ynamaganimga xafa bo`lyapsan-a?"Bolakayga vaziyatdan chiqishning boshqa usullarini taklif qiling. Masalan, "Undan ko`ra Jamshiddan o`yinga qo`shilishini so`rasang-chi?"
Bolangiz ba'zida yig`lash yaxshiligini tushunishiga ishonch hosil qiling - masalan, qayg`uli voqea sodir bo`lganida yoki u shikastlanganda. Masalan, “Axir men ham boshimni urib olganimda yig`lardim".
Agar farzandingiz yig`lab, ko`p vaqtini qayg`uda o`tkazsa, shifokoringizdan maslahat so`rang. Do`stlar va qo`shnilar ham yordam berishi mumkin.
Yig`lash ham bolalar, ham kattalar uchun muhim yo`qotish yoki qayg`u bilan kurashishning sog`lom usuli bo`lishi mumkin. Farzandingiz sizga bu tuyg`ularini aytganda tinglashga harakat qiling. Shunda unga tasalli berib, hislari yaxshi ekaniga ishontira olasiz.
Yig`lash: sening his-tuyg`ularing
Chaqaloq va bolalarda yig`lash - ota-onalar professional yordam so`rashining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.
Agar bola ko`p yig`lasa, tushkunlashib qolasiz yoki hatto og`ir ruhiy kayfiyatda (depressiya holatida) bo`lasiz. Agar o`zingizni shunday his qilsangiz yoki bolani ranjitib qo`yish haqida o`ylayotgan bo`lsangiz, darhol yordam so`rang.
O`z hududingizdagi MTT tarbiyachilari, psixologi Yig`lash: sening his-tuyg`ularing
Chaqaloq va bolalarda yig`lash - ota-onalar professional yordam so`rashining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.
Agar bola ko`p yig`lasa, tushkunlashib qolasiz yoki hatto og`ir ruhiy kayfiyatda (depressiya holatida) bo`lasiz. Agar o`zingizni shunday his qilsangiz yoki bolani ranjitib qo`yish haqida o`ylayotgan bo`lsangiz, darhol yordam so`rang.
O`z hududingizdagi MTT tarbiyachilari, psixologi yoki oilaviy poliklinikadagi mutaxassislarga murojaat qilishingiz mumkin.
Ba'zida boshqa odam bir muddat boshqargani ham yordam beradi. Iloji bo`lsa, sherigingizni, do`st yoki qarindoshingizni yordamga chaqiring.
Ota-onalik juda qiyin, ayniqsa, agar ko`p yig`laydigan bolangiz bo`lsa. Vaqt ajratish va yordam so`rash - o`zingiz va farzandingiz uchun qila oladigan yaxshiligingizdir.
Farzandlar oldida yig`lash
Sizning his-tuyg`ularingizni ko`rish bolangizga kattalar ham hissiyotli odam ekanligini o`rgatadi.
Ammo siz ko`p yoki sababini bilmay yig`layotgan bo`lsangiz, shifokoringizdan depressiya borasida yordam so`rashingiz kerak.