x

Yaxshi kitoblar, ongni oshiruvchi qimmatbaho o`yinchoqlar sotib olish, bolani ommabop mashg`ulotlarga olib borish — haqiqatan ham bularning hammasi kerakmi?

Tarbiyalashning moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydigan universal usullari ham bor.

Rivojlantiruvchi muhit

Bu erda gap fantaziyani, tasavvur qilishni rivojlantiradigan narsalar haqida borayapti. Yorma va tarelkalar, qog`oz, qalamlar, qum, suv – atrofda nima bilan o`ynash, tajriba o`tkazish mumkin bo`lsa, ularning hammasi bo`lgani ma'qul. Asosiy qoida – xavfsizlik, tartibga keltirish masalasini esa o`yinlardan keyin bemalol hal qilsa bo`ladi.

Taktil aloqa

Qo`lga ko`proq olinadigan, ko`p quchoqlab o`piladigan go`daklar tezroq o`sadi va hatto o`zini yaxshiroq his qiladi. Lekin kattaroq bolalarga ham taktil aloqa juda zarur. Qarshingizda besh yoshli bolami yoki qirqinchi razmer oyoq kiyimi kiyadigan o`smir bo`ladimi, bu muhim emas – farzandingizni quchoqlashni, uxlashdan oldin o`pishni va boshini silashni unutmang. Bularning hammasi himoyalanganlik va ota-ona muhabbatini his qilishga yordam beradi.

Maqtov

Ota-onalarning fikri – bu bolaning tashqi dunyodan oladigan birinchi reaktsiya hisoblanadi. U keyinchalik aynan shundan kelib chiqqan holda o`ziga va o`z qobiliyatlariga baho beradi. Lekin maqtovning to`g`ri bo`lishi juda muhim. Demak – faqat haqiqiy fazilatlarni yoki yutuqlarni baholash kerak.

Oqilona tanqid

Bunday tanqidning vazifasi – aynan nimani va qanday tuzatish mumkinligini ko`rsatish. Tanqidning eng muvaffaqiyatsiz ko`rinishi – keskin va ranjitadigan, shuningdek boshqa bolalar bilan taqqoslash hisoblanadi.

Qabul qilish

Bu juda muhim payt. Bolalarga muhabbat hammasidan ham ular bunga loyiq bo`lmagan paytlarda juda zarur bo`ladi. Bola qanday xatoga yo`l qo`ymasin, unga siz yonida ekanligingizni namoyish qiling. Qilmishlarini ayblash bilan uni o`zingizdan itarmang. Shunda, farzandingiz o`z muammolari bilan tanishlariga emas, balki sizning oldingizga keladigan bo`ladi.

To Top ↑
To Top ↑