O`yinchoqni yaxshilab ko`zdan kechiring. Shuningdek, o`yinchoq o`zidan o`tkir hid taratmasligiga ahamiyat bering.
- Odatda, o`yinchoqlarda uning necha yoshli bolalarga mo`ljallangani haqida ma'lumot keltiriladi. Ammo shunda ham farzandingiz bu o`yinchoqni o`ynay oladimi yoki yo`q, buni ham e'tiborga oling.
- Bolaga o`yinchoq tanlaganda, uning hajmiga ham qarang. Bola oson ko`tarib o`ynay oladigan va unchalik katta bo`lmagan o`yinchoq xarid qiling.
- O`yinchoqning rangi yorqin bo`lishi kerak. Biroq ko`zni qamashtiradigan rangli o`yinchoqlar olmang. Bunday rangli o`yinchoqlar bolaning ruhiy holatiga yomon ta'sir ko`rsatadi.
- Bolalarga quvnoqlikni bildirib turgan o`yinchoqlar xarid qiling. Unutmang, o`yinchoq bolaning rivojlanishiga yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Har qanday o`yinchoq bolaning o`ynashi uchun kerak, xonani bezab turish uchun emas.