x

Maktab o`quvchisi uchun to`g`ri nonushtaning asosiy qoidasi — u iliq bo`lishi kerak. Iliq ovqat yaxshiroq hazm bo`ladi, butun organizmni isitishga yordam beradi, hamma a'zolar faoliyatini ishga tushiradi.

Shuningdek, nonushtaning tarkibida glyukoza, kletchatka, oqsil, kal'tsiy bo`lishini ta'minlashga harakat qiling.

Glyukoza — bu aql uchun ozuqa bo`lib, u aqliy faoliyat uchun zarur. Lekin eng yaxshisi ratsionga shakarni kamroq, olma, nok, uzum, rezavor mevalar va quruq mevalarni esa ko`proq qo`shish kerak.

B guruh vitaminlari bolada xotira, diqqatni to`play olish va stresslarga chidamlilik yaxshi shakllanishi uchun kerak. Ya'ni, ovqatning tarkibida albatta yormalar, dukkaklilar va yong`oqlar bo`lishi shart.

Oqsil, shu jumladan o`simlik oqsili immunitet uchun kerak.

Kal'tsiy yaxshi kayfiyatni va o`sayotgan organizmda suyaklar mustahkamligini ta'minlaydi.

Endi bu foydali moddalarning hammasini bolaga qanday etkazishni o`ylashimiz kerak.

Ovqatlanish bo`yicha ekspertlar 3 asosiy taomlarni tavsiya qiladi.

Bo`tqa

Grechka — yormalarning eng foydalisi hisoblanadi, chunki uning tarkibida foydali moddalar juda ko`p.

Suli — tarkibida ko`p miqdorda vitaminlar mavjud. Bo`tqaning kichkina porsiyasida B guruh vitaminlari va P vitaminining sutkalik normasi bor.

Guruch — tarkibida kal'tsiy, kaliy, fosfor, magniy elementlari mavjud.

Makkajo`xori bo`tqasi — yurak va tishlar uchun foydali, organizmdan toksinlar va ortiqcha xolesterinlarni chiqarishga yordam beradi.

Quymoq

Mutaxassislar quymoqni nonushta uchun yagona shart bilan juda muvofiq deb hisoblaydi: uni bolaga bir haftada ikki martadan ortiq bermaslik lozim. Chunki tuxumning bolalar uchun me'yori — bir haftada uch donadan oshmasligi kerak.

Quymoqqa kolbasa emas, balki sabzavotlar qo`shish tavsiya qilinadi. Kletchatka ancha og`ir ovqatlarni ham hazm qilishga yordam beradi.

Blinlar

Blinlarning shunisi yaxshiki, ularni hamma bolalar yaxshi ko`radi. Nachinka sifatida — olma, tovuq, sabzavotlar ishlatish mumkin.

 

 

To Top ↑
To Top ↑