x

Bolalarning ko`pchiligi uyda hali to`liq sokinlik bo`lmay turib, ya'ni boshqalar ham uxlamaguncha uxlashga rozi bo`lmaydilar. Bu borada diqqat qilishimiz kerak bo`lgan qoidalarni quyidagicha tartiblashimiz mumkin:

1. Ota-onaning uxlash vaqtlari qanchalik tartibli bo`lsa, bolaniki xam shu darajada sog`lom va tartibli bo`ladi.

2. Maktab yoshidagi bolalar ota-onalari bilan muloqotni oxiriga etkazmasdan uxlashni yoqtirmaydilar. Ota-onalar ham bolalar bilan bir paytda dam olishlari kerak. Kerak bo`lsa, ota-onalar yolg`iz qiladigan suxbatlarini umumiy xonalarda emas, balki o`z xonalarida o`tkazishlari kerak.

3. Bola ota-onasi bilan quvnoq muloqotdan so`ng darhol uxlashni istamaydi. Uyqudan oldin o`qib yoki aytib berilgan ertak, masallar ham bolani uyquga buysundirishga katta yordam beradi.

 

"Bolanimani nega qiladi" kitobidan

 

To Top ↑
To Top ↑