x

Hazrati Odamdan bugunga qadar ayollar orasida eng xayrlilaridan biri hazrati Maryamdek bir farzandning onasi bo`lgan ayoldir. Maryam onamizning onalarining ismi Qur'onda aytilmagan, «Imronning ayoli» deb zikr qilingan. Manbalarda bu muhtarama xonimning ismi Hanna deb berilgan. Hayoti haqida ko`p ma'lumotga ega emasmiz. Robbiga shunday bog`liq bo`lganki, uning samimiyati Alloh taologa qilgan duosi o`laroq Qur'ondan joy olgan. Bu duo uning qanday shaxsiyat sohibasi ekanligini aniq ko`rsatadi:

«Imronning xotini: «Robbim! Albatta, men qornimdagini O`zingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sen eshituvchi, biluvchi Zotsan», - deganini esla!» («Oli Imron» surasi, 35-oyat)

Hanna hali farzand ko`rmagan edi, farzandli ayollarga havas qilardi. Homilador ekanligini anglab-anglamasdanoq Allohga qo`llarini ochib, duo qilgandi. Biz bilgandek duo qilmadi. Aksincha, xech qilmaganimiz yoki shunday qilganlarni ko`rmaganimiz tarzda duo qilgandi: «Allohim, dunyoga keladigan farzandimni Senga atadim! Qabul qil», - deb duo qildi. Qornidaligidayoq Allohga bag`ishlagan bolasi dunyoga keladi, u go`zallar go`zali bo`lgan pokiza bir qiz farzand edi. Darhol qo`llarini ochib, shunday duo qildi: «Uni (Maryamni) tuqqan chog`ida: «Robbim, men buni qiz tug`dim- ku!!!» - dedi. Holbuki, Alloh u nima tuqqanini yaxshi biladi. «Va o`g`il qizdek emas. Va men unga Maryam, deb ism qo`ydim va albatta, men Sendan unga va uning zurriyotiga quvilgan shaytondan panoh tilarman.» («Oli Imron», 36-oyat).

«Men qiz tug`dim» deyishi aslo qiz farzandni kamsitish ma'nosida emasdi. Yashayotgan muhitining hayotiga ko`ra masjidga xizmat va Allohga toat-ibodat uchun atalgan hamda boshqa yumushlardan ozod qilingan farzandlar qiz bolalar emas, o`g`il bolalar edi. Shuning uchun ham Hanna o`zi bag`ishlagan farzandining qabul etilishidan cho`chib, hamda avvalgi nazrini yana zikr qilayotganidan andisha qilgan holatda aytib o`tgan edi. Har narsani biluvchi Alloh taolo bu samimiy duoga shu shaklda javob bergandi:

<

 

Hanna farzandini Alloh yo`liga atadi va Alloh taolo uning nazrini go`zal suratda qabul qildi. Qanday ajib lutf! Faqat shuning o`zi Hannaga etarli edi. Oyatning davomi ham bor. Allohning Hannadek bir kuli uchun lutfi tuganmas edi. Qudratli Alloh bu sidqidildan nazr qilingan pokiza farzandni payg`ambar bo`lgan Zakariyo alayhissalom bilan himoya qilardi. Kimning Allohga bergan badali javobsiz qolibdi?! Kim Allohga bir qadam tashlaganki, Alloh unga qarab o`n qadam tashlamagan bo`lsa?! Hanna bir qadam tashladi, u ham bo`lsa, farzandini Allohga atagani bo`ldi. Olamlarning Robbi bo`lgan Alloh esa unga qarab o`n qadam tashladi.

1. Alloh bu bag`ishlovni mamnunlik bilan qabul kildi. 

2. Atalgan farzandni juda chiroyli suratda tarbiyaladi. 

3. Uni (Maryamni) Zakariyo alayhissalomdek bir payg`ambar bilan himoya qildi. 

4. Va Allox uning farzandini butun dunyo ayollaridan afzal qildi.

 Hannaning bu qadami bizga bir hadisi kudsiyni eslatadi: <

U Allohga bir qadam tashladi. Alloh ham uning qadamiga go`zal shaklda javob berdi.

 

To Top ↑
To Top ↑