Agar pul bema'ni narsalarga sarflangani yoki shunchaki yuqotib qo`yilgani ma'lum bo`lsa, o`rnini tuldirmang, ortiqcha sarf-xarajatlarni qoplash uchun qushimcha cho`ntak puli bermang. Ko`pgina ota-onalar qo`shimcha pul berishni va bu bilan masalani tezroq hal qilishni ma'qul ko`radilar. Ammo bu xato yondashuv. Isrofning jazosiz qolishi natijasida bola ota-onasiga sug`urta kompaniyasiga qaragandek qaray boshlaydi. Ya'ni bolada mening aybim tufayli paydo bo`lgan zarar va yo`qotishlar ota-onam tomonidan albatta qoplanadi degan yanglish fikrlar uyg`onadi. Mo`may pul sarflashga va ota-onadan osongina yana pul olishga odatlangan bola zimmasidagi moddiy javobgarlikni tushunmasdan ulg`ayadi.
Agar bola pulni boshqa maqsadlarga sarflagan bulsa, unga xatosini tuzatish imkoniyatini berish kerak. U bilan vaziyatni, rejadan chiqish sabablarini tahlil qiling, manfaatsiz xarajatlarni aniqlang, kelajakda qanday qilib bularning oldini olishni tushuntiring. Lekin bolani umuman pulsiz qoldirish yaramaydi. Unda nima qilish kerak? Unga pul berish kerak, faqat keyingi to`lovlardan ushlab qolish evaziga. Shundagina u mas'uliyatli bo`lishni o`rganadi, qarz tushunchasini o`zlashtiradi.
"Men, bolam va pul" kitobidan