x

4 yoshgacha bo`lgan davrda bola tunda uyg`onib yig`lasa va ota-ona uni yoniga olib tinchlantira olmasa, aksincha bola battar avjiga chiqsa buni tungi qobus deb ataladi. Ushbu muammoning manbasini topish uchun quyidagi savollarga javob berishimiz kerak bo`ladi:

Ona va bola munosabati, o`zaro muloqoti qanday? 

Tungi qobusning asosiy sabablaridan biri onadan ayrilishdir. Bolaning onasi bilan yaqin turgan holida qandaydir muammosi bo`lsa, tun qobusi ehtimoli yuksaladi. Bolaning onasidan ayrilishi unda turli ruhiy bosimlar paydo qiladi.

2. Bolani yolg`iz yotishga asta-sekin o`rgatilganmi yoki dabdurustdanmi?

2 yoshgacha bola onasi bilan ham ruhan, ham vujudlari doim birga bo`lgani uchun ona hidiga har doim talpinadi. Emiziklik davrini tugatgan bola onasining yonidan bosqichma-bosqich ayrilishi lozim. Masalan, 2-4 yosh orasini o`z yotog`ida, lekin ota-onasi bilan bitta xonada o`tkazsa, keyingi bosqich ya'ni o`z xonasiga o`tishi oson kechadi. 3.5-4 yoshga kelganda esa bemalol o`zi yota olishi mumkin bo`ladi. Bu jarayon to`g`ri boshqarilmasa, bolani erta yoshdan onadan ayirib qo`yilsa, tun qobuslari bolani chulg`ab olishi hech gap emas.

3. Televizorningbolahayotigata'siri.

Bola kechgacha nimalarga ko`proq guvox bo`lsa, nima bilan ko`proq mashg`ul bo`lsa shu bilan bog`liq tush ko`rishi tabiiy. Sokin, zavqli kun o`tkazgan bolaning dam olishi ham shu tarzda bo`ladi. Televizor ko`p ko`rgan bolada tashqi ta'sir o`ta kuchli bo`ladi. Bergan qo`rqinchli xabarlaridan tashqari televizor orqali ta'sir qiladigan ovoz, nur, radiatsiya sababli o`zi sezmagan holda jiddiy muammolarga duch keladi. Shu bois 4 yoshdan kichik bolalarning televizor tomosha qilishlari mutlaqo noto`g`ri. 4-6 yoshlardagi bolalarga bir kunda 15 daqiqaga ruxsat berishingiz mumkin.

4. Tungi qobus o`tkazadigan bolaga qanday munosabatda bo`lish kerak?

Bu holatga tushgan bolalarni majburiy tarzda uyg`otmaslik kerak. Yuziga urish yoki boshqa usul bilan o`ziga keltirmaslik kerak. Bunday harakatlar tungi qobus o`tkazgan bolaning ruhiyati uchun juda katta xavf tug`dirishi mumkin. To`satdan uyg`onish qo`rquv bilan bog`liq travmaga sabab bo`lishi mumkin. Bunday bolalarni o`zlari uyg`onishlarini kutish maqsadga muvofiqdir. Uyg`ongandan so`ng uni quchoqlash, tasalli berish, qo`rquvdan xalos bulishi uchun yonida turish kerak. Eng muhimi esa, muammoni batamom bartaraf qilish uchun ona-bola munosabatini mustahkam qilishdir.

5. Bolani tebratib uxlatish to`g`rimi?

Tebratib uxlatish bolani aqliy faoliyatini susaytiradi. Tebratish jarayonida bolaning qabul qilish reaktsiyasi pasayadi. Bu orada bola gipnoz qilingandek o`zini yo`qotadi va uyquga ketadi. Zero tebratib uxlashga o`r- gatilgan bolalarning ma'lum muddat o`tgach oddiy uyqu tarziga o`tishlari qiyinlashadi.

 

"Bolanimani nega kiladi?" kitobidan

 

 

 

To Top ↑
To Top ↑