x

Uyku chidash qiyin bo`lgan murakkab ehtiyojlardan biri hisoblanadi. Ochlikka chidash mumkin, uyqusizlikka aslo! Yoshu qari birdek bu masalada hamfikr. Juda kup ota-onalar farzandlarining kech uxlashlari, ertalab kech uygonishlaridan noliydilar. Ota-onalar shu o`rinda bir narsani unutmasliklari kerak. Ular farzandlarini uxlashga majburlaganlari sari ular bunga qarshi harakat qiladilar. Zero majburlab uxlatish juda qiyin. Ota-onalar farzandlarini uxlashga majburlash o`rniga ularga uxlash uchun sharoit, muhit tayyorlashlari kerak. Uyqu uchun muhit tayyorlashning birinchi sharti - bolaning ruhiyati kun davomida ma'nan to`yingan bo`lishi kerak. Ko`p bolalar kunning tugashini xohlamaydilar, oilalari bilan birgalikda yanada ko`proq vaqt o`tkazishni istashadi. Buning sababi esa ularning ruhiyati o`zlari istagan tarzda to`yinmagani, oilalari bilan etarli darajada yaqin bo`lmaganlaridir. Bola ruhiy to`yinishga erishmaguncha uxlamaslikka urinadi. Bu ehtiyojni qondirish uchun ota-onasini majburlaydi. Hozirgi kunda bolalarning ota-onalari bilan etarli darajada yaqin bo`lolmasliklari sabablari juda ko`p. Kech soatlarga qadar ishdan kelmaslik, uyda fakat te- levizor ko`rish, telefon orqali tinimsiz muloqotlar, uyda ham ishni davom ettirish kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shu bilan birga farzandlari bilan bo`lgani holda ularning xis-tuyg`ulariga samimiy munosabatda bo`lolmagan, ular bilan etarli e'tibor berolmagan ota-ona farzandlari uchun ham bu holat bir xil ahamiyat kasb etadi. Ular ham kun tugab joylariga yotishni umuman xohlashmaydi. Bolaning uxlamaslikka urinishi faqat yuqoridagi salbiy holatga bog`lik emas. Hayotdan zavqlanadigan, kunini quvnoq o`tkazadigan bolalar xam kunni yakunlashni istamaydilar. Bunday bolalarni yotishga majburlash o`rniga ular yonida kunning oxirgi damlarini birga baham kurish ularni osonroq uxlashlariga yordam beradi.

 

"Bola nimani nega qiladi?" kitobidan

To Top ↑
To Top ↑