x

1-qism

Maktabgacha va boshlang`ich maktab yoshidagi (masalan, 5-7 yoshli) bolalar uchun pul unchalik qiziq emas. Bu yoshdagi bolalarda pulga qiziqish ko`pincha ota-onalar tomonidan sun'iy ravishda shakllantiriladi.

Odatda, yosh bolalar qo`g`irchoq va mashinalarni o`ynashadi; qimmatbaho o`yinchoqlarni meva yoki shirinlikka osongina almashtirishadi. Ularda pul haqidagi tasavvurlar shakllanmagan bo`ladi.

Bolada shaxsiy qiziqishlar paydo bo`la boshlaganida o`z-o`zidan pulga qiziqish ham ortadi. Shunday vaqtda bola bilan pul haqida u tushunadigan tilda, ehtiyoji va qiziqishiga qarab gaplashish kerak.

Bu borada ikki xil yondashuv mavjud: bola pul sanashni o`rganib, mustaqil sarflash salohiyatiga ega bo`lganda yoki maktabga borishi bilanoq. Vaholanki, bu ikki davr ko`pincha bir paytga to`g`ri keladi.

Mustaqil ravishda pul sarflash ko`nikmasi taxminan 6-7 yil ichida paydo bo`ladi va ko`pincha maktab hayotining boshlanishi bilan bog`liq. Shunda bola o`z xohishiga ko`ra sarflashi mumkin bo`lgan kichik miqdordagi pullarni berishni boshlashingiz va tovar-pul munosabatlarini o`z tajribasida o`rgatishingiz kerak.

Farzandingizdan vaqti-vaqti bilan do`konga borib kelishini iltimos qiling. E'tibor bering, qaytim olishni unutmayaptimi, aytilgan narsalarni xarid qilish uchun berilgan pul etarli ekanligini aniqlab, pulni sanay olyaptimi? Agar uni mustaqil xaridlarga tayyor emas deb hisoblasangiz, unga nima uchun bu yordamini rad etayotganingizni tushuntiring, nimalarni o`rganishi kerakligini  ayting.

Cho`ntak pullarini boshqarish qobiliyati bir nechta shartlarga rioya qilgan holda bolaning shaxsiyatini rivojlantirish omilidir:

- bolaga olti-etti yoshdan boshlab cho`ntak pulini berish;

- hajmi oqilona, yoshiga mos bulishi, bolaning yoshiga karab ortib borishi kerak;

- ota-onalar o`z xatti-harakatlarida izchil bo`lsin;

- bola muntazam ravishda pul olish imkoniyatiga ega bo`lsin;

- cho`ntak pullaridan biror sabab bilan yoki hech qanday sababsiz mahrum qilish yaramaydi;

- cho`ntak pullari sovg`a emas, u orqali bolaning ishonchini va uning yaxshi munosabatini «sotib olish»ga urinish xato;

- ota-onalar berilgan mablag`ni sarflash borasida farzandlariga ishonch bildirishlari muhim.

 

"Men, bolam va pul"  kitobidan

 

To Top ↑
To Top ↑