Har bir onani bolam sutimga to`yyaptimi yoki yaxshi o`syaptimi degan savollar doim o`ylantiradi.
Kichkintoy ona sutiga to`yyaptimi yo`qmi quyidagilar orqali aniqlash mumkin:
▪ Bola sutka davomida tagligini 6 va undan ko`p marta och sariq rangli siydik bilan ho`llashi
▪ 24 soat oralig`ida 3 martadan 6 martagacha sariq rangda ichi kelishi
▪ Hayotining dastlabki 6 oyi davomida oyiga 700-800 g, haftasiga esa o`rtacha 150-250 g vazni ortib borishi
▪ Sutka davomida kamida 10-12 marta emishi
▪ Qisqa dam olishlar bilan ritmik emishi, jag` harakatlarini ko`rinib turishi
▪ Emizish jarayonlari oralig`ida bolaning tetik, faol va harakatchan bo`lishi.
Bolada yuqoridagi hamma belgilarni bo`lishi, uni ona suti bilan to`laqonli ta'minlayotganini bildiradi. Kerak bo`lmagan holatda sun'iy aralashmalarga o`tib ketishni oldini oladi.