x

Bilamizki, ko`chada turli odamlar har xil ishlar bilan yuradi. Ba'zilari piyoda, ba'zisi mashinaga mingan, biri shoshilgan va boshqasi shoshmasdan sekin ketayotgan, ba'zilari katta yoshli bo`lsa, boshqasi kichkina. Bolajonlar, agar siz ularning orasida yursangiz, o`zingizni va boshqalarni yo`l ozorlaridan saqlang. Buning uchun siz quyidagi nasihatlarga quloq solishingiz kerak:

1. Tiqilinch ko`chada ketayotganingizda piyodalar yo`lakchasidan yuring.

2. Agar biror do`stingiz yoki qarindoshingizni ko`rib qolsangiz va u bilan ko`rishmoqchi bo`lsangiz, yo`ldan chetroqqa o`tib ko`rishing va yo`l o`rtasida u bilan uzoq turmang.

3. Agar ko`chada o`rtoqlaringiz bilan ketayotgan bo`lsangiz, bir saf bo`lib ko`chani to`ldirib olmanglar, chunki yo`l yolg`iz sizlar uchun emas.

4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yo`ldan o`tkazib qo`yishni so`rasa, darhol unga yordam bering. Buning savobi juda katta. O`sha ojiz kishi bilan yurishga uyalmang.

5. Ko`chada ketayotganingizda kitob o`qish bilan mashg`ul bo`lmang, yon-atrofga ko`p alanglamang. Tijorat do`konlari yoki o`yingohlar oldida ko`p turib qolmang.

6. Yurganingizda shoshilib tez ham yurmang, juda sekin ham yurmang, o`rtacha yuring va doimo oldingizga qarang.

7. Mashinaga yoki biror bir ulovga mingan bo`lsangiz ham yo`lda ketayotganingizda ovqat eyishingiz odobdan emas.

8. Yo`lda yotgan toshni oyog`ingiz bilan tepmang va sotuv do`konlari eshiklariga osib qo`yilgan mollarni o`ynamang.

9. Agar siz velosiped yoki mashinada bo`lsangiz, ko`chaning o`ng tomonidan yuring.

10. Yurib ketayotgan avtobus yoki boshqa jamoat transportlariga minishga yoki undan tushishga urinmang.

11. Agar yo`ldan adashib qolsangiz yoki o`rtog`ingiz yashaydigan joyni bilmasangiz, odob bilan yon-atrofdagilardan so`rang.

12. Agar biror kishiga bilmasdan ozor etkazib qo`ysangiz, masalan, turtilib ketsangiz, yo`lovchi qo`lidan biror narsani tushirib yuborsangiz yoki uning oyoq kiyimini bosib olsangiz, muloyimlik bilan kechirim so`rang.

13. O`zingiz tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turmang va nogironlarni masxara qilmang.

 

Manba: mezanauz

 

To Top ↑
To Top ↑