x

Bir bolakayning tug`ilganidan chap oyog`i o`ngidan 6 sm kalta edi. Shunda shifokorlar unga yurishni ham eplasang katta gap deyishdi. U esa ulg`ayib, futbol bo`yicha jahon chempioni bo`ldi. 2 marta!

Ikkinchi bolaga kichkinaligida yurak etishmovchiligi tashxisini qo`yishdi va jismoniy tarbiya darslaridan doimiy ozod qilishdi. U katta bo`lib, xokkey bo`yicha jahon chempioni bo`ldi. 8 marta!

Uchinchi bolakay 11 yoshida bo`y gormoni etishmagani tufayli bo`y va vazn borasida tengdoshlaridan ancha ortda qolib yurardi. U keyin dunyoning eng yaxshi futbolchisiga atalgan "oltin to`pi"ni oldi. 7 marta!

To`rtinchi yigitchaga 21 yoshida atigi ikki yillik umri qolganligini aytishdi. U esa 76 yoshgacha yashadi. U yozgan kitob 10 millionlab nusxada nashr etildi.

Bular: Biri Garrincha! Ikkinchisi Harlamov! Uchinchisi Messi! To`rtinchisi esa Hoking!

Bu insonlar qiyinchiliklarga qaramasdan o`z maqsadlariga erishdilar. Shunday ekan, bolalarni sabrli va maqsadga erishish yo`lida qat'iyatli qilib tarbiyalash juda muhim!

 

To Top ↑
To Top ↑