x

Bolalarimizning tarbiyasidagi eng muhim shaxs onadir. Biroq ertalab tongdan to kechgacha kuniga 8-10 soat ishlaydigan ayol kechga charchoq bilan uyga kelganida bolalariga nima bera oladi? Ayollarimiz faqatgina ishxonada ishlash majburiyatida emas, uylarida ham ularni supur-sidir, tozalik, taom tayyorlash kabi ishlar kutib turadi. Inson bunday og`ir shart-sharoitda ishlab, qanday qilib baxtli bo`lishi mumkin?!

Qachon u farzandining dini axloqi  va borasida shug`ullanishga vaqt ajratadi? Ayol umuman ishlamasin demaymiz, deya olmaymiz ham. Chunki ishlayotgan ayolning nimalarni boshdan kechirayotganini, kanday vaziyat uni ishlashga undayotganini bilmaymiz. Turmush o`rtog`i hayot bo`lmagan, xo`jayini tirik bo`la turib, borligi hech narsani o`zgartirmaydigan va ishlash majburiyatida qolgan qancha ayollarni bilamiz. Faqat ayol o`ziga hamda fitratiga munosib bo`lgan bir ish bilan shug`ullanishi kerak degan bo`lardik. Pul topsam bo`ldi, qanday ish bo`lsa bo`lsin deyish noto`g`ri. Bugungi kunning zamonaviy fikrlovchi jamiyatida «ayolman, hamma Ishni kilaman» degan qolip mavjud. Reklamalarda ayollarning qurilishlarda, avtoservis xizmatlarida ishlayotganini ko`rsatish bilan yanglish yo`lga boshlashyapti. Ayollarning o`zlaridek nozik, o`z dunyolariga uyg`un, jismoniy jihatdan ham ularni toliqtirmaydigan ishlarga mas'ul qilish kerak. Bunday ishlar ayollarning fitratiga ham mos keladi. Ayol hamma ishni eplay oladi deb unga taksi haydovchiligi vazifasini berish kanchalik to`g`ri?!.

Ayolning qiladigan yuzlab ishi bor ekan, nega aynan shofyorlik? Ayolning kechasi taksiga chiqishini qaysi vijdon qabul qiladi? Ayol ishlay oladi, faqat ayolligining va Allohning unga yuklagan javobgarliklarini tark kilishiga majbur bo`lmaydigan ishni bajarishi afzaldir. Tadkikotlar olib borish davomida men styuardessalar haqida qiziqib ko`rdim. Styuardessalik uchun quyidagi shartlar lozimligi ko`rsatilgan edi:

Bo`ylari 163 - 180 sm; - Yoshi 19-29 orasida bo`lgan;

Bir vaqtda hamma narsaga diqqatini qarata oladigan;

Kurollarni ishlata oladigan;

Insonlarga xizmat qilishdan, muhtojlarga yordam berishdan mamnun bo`ladigan;

- Uzok vakt tik oyokda tura oladigan;

Kulib turuvchi, ozoda, xorijiy tillarni (xususan, ingliz tilini) bilishlari kerak.

Endi bu shartlarni ko`ring va Buyuk Alloxning Kur'oni karimda, Payg`ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadislarida kelgan bir ayolga berilgan vazifalar bilan solishtiraylik. Uyda turmush o`rtog`i va bolalariga xizmat qilgan ayol kul, samolyotda yuzlab yo`lovchiga xizmat kilgan ayol zamonaviy ayolmi?!

 

"Olim etishtirgan onalar"kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑