x

— Farzandim endigina 5 yoshga to`lganiga qaramay, noma'qul so`zlarni gapir-moqda. Men va dadasiga gap qaytaradi. Kundan-kun o`ta qaysar bo`lib bormoq-da. Farzand tarbiyasidagi bu salbiy o`zgarishlarning sababi nimada?

— Bolaga to`g`ri-noto`g`ri, yaxshi-yomonni tushuntirish ota-onalarning eng bi- rinchi vazifasidir. Shuning uchun ham farzandingizning huda-behudaga jan-jal qilib, injiq bola bo`lishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Tarbiyachi yoki bog`cha-ning tez-tez almashtirilishi, oiladagi turli muammoli vaziyatlar ham bola-da injiq va agressiv (tajang) kayfiyatni paydo qiladi. Shunday ekan, mak-   tabgacha ta'lim muassasalari va uning tarbiyachilariga ham e'tiborli bo`lingNegaki, bolaning shaxs sifatida shakllanishida bu muhim ahamiyatga ega. Qo-laversa, bolani 3 yoshgacha bo`lgan vaqtidagi o`zingiz bergan tarbiya ham bunda asosiy o`rin tutadi. Uni ortiqcha erkalatib yubormagan holda, yaxshi ko`ri-    shingizni ham bildirib turing.

Bolaning urishqoq va qaysar bo`lib qolishi ota-ona uchun muammoli holatdir Bolalar agressivligi – ichki ruhiy notinchlik, negativ his-tuyg`ular yig`in- disi deya baholanadi. Bunday bolalar tengdoshlari bilan chiqisholmaydi,     ular bilan tez-tez urishadi, o`yinchoqlarni buzib tashlaydi. Bu bilan u ona- sining, tarbiyachining e'tiborini tortmoqchi bo`ladi. Ular e'tiborni tor-    tish uchun atay sekin kiyinadi, o`yinchoqlarni yig`ishtirmaydi, yaxshi gapir- maguningizcha gapga kirmaydi.

Hayotimizda yomon his-tuyg`ularni keltirib chiqaradigan, insonni bag`ritosh, jahldor, qiziqqon qilib qo`yuvchi holatlar ko`p uchraydi. Bolalar esa atrofdagilar kayfiyatini tez ilib oladilar. Shu bois ota-onalar farzandlar oldida yomon narsalarni muhokama qilmasliklari, o`zaro janjallashmasliklari, ha-lokatli yoki fojeaviy ko`rsatuv va fil'mlarni ko`rmasliklari lozim.

Farzandingizda shunday xulq-atvorni kuzatsangiz aybni faqat o`zingizdan   qidiring. Bunday xulq-atvorning sababi: oiladagi nosog`lom muhitdir. Ush-bu fe'l-atvorni tuzatish uchun avvalambor oilaviy munosabatlarni tartibga soling.

Agar bolangiz injiq va urish¬qoq bo`lsa, quyidagi o`yinlar yordamida ham    uning fe'l-atvorini ijobiy tomonga o`zgartirish mumkin.

Changni qoqamiz (4 yoshli bola uchun)

Har bir bolaga bittadan yostiq beriladi. Bolalar uni changini qoqayotgandek urishlari kerak. Mashqning foydali jihati shundaki, bola o`zidagi yomon      energiyani har bir zarbda, kuch orqali chiqarib yuboradi.

Minorani qulatish (5 yoshli bola uchun)

Yostiqlardan unchalik baland bo`lmagan minora quring. Har bir ishtirokchining asosiy maqsadi – ushbu minoraga bor kuchi bilan sakrash, xursandchilikni bor ovoz bilan ifoda etish. Yostiqlarni ag`darib yubormagan holda, minorani zabt etgan ishtirokchi g`olib sanaladi. Albatta, har bir ishtirokchi yutuq        uchun shirin so`z bilan rag`batlantiriladi.

Bu o`yinlardagi asosiy maqsad boladagi agressiv va injiq kafiyatni kuch va  harakat bilan chiqarib tashlashga e'tibor qaratilgan. Agar farzandingiz-    ning kelajakda komil inson bo`lib voyaga etishishini istasangiz, uning ichki energiyasini ijobiy xislatlar shakllanishiga yo`naltiring.

Dilnoza Mirzayeva,

psixolog

To Top ↑
To Top ↑