Kur'oni karimda shunday bir oyat borki, shu birgina oyatda ota-onaga qanday muomalada bulishimiz lozimligi mukammal suratda kursatilgan: «Robbing faqat uning O`zigagina ibodat qilishingni na ota-onaga yaxshilik kilishni amr etdi. Agar huzuringda ularning birlari yoki ikkovlari ham keksalikka etsalar, bas, ularga «Uff» dema, ularga ozor berma va ularga karamli so`z ayt!» («Isro» surasi, 23-oyat).
Alloh taolo O`ziga ibodat qilishni amr qilib, undan sung ota-onaga hurmatni keltirishi dinimizda ota-onaga naqadar ikrom qilish kerakligini kursatmokda. Hatto ularga «Uf» demaslikni amr kilyapti. Chunki ota-onaga «uf» deyish o`limdan sung tirilishni yuk deb hisoblaydigan, Allohning va'dasini qadimgilarning masallari degan va Allohga iymon keltirmaganlarning amalidir. Kur'oni karimda «uf» so`zi boshqa bir oyatda shunday keladi: «Ota-onasiga: «Uf sizlarga, (qabrdan) chikarilishimning va'dasini beryapsizlarmi?! Mendan avval ham avlodlar o`tgan-ku!» degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda: «Holingga voy bulgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa <> («Ahqof» surasi, 17-oyat).
Boshka bir oyatda esa alayhissalomning yurgakdagi chakaloklik paytlarida onaga itoat borasida ogoxlantirgan suzlari keladi: «Meni volidamga mehribon kildi, dimogdor, badbaxt qilmadi» («Maryam» surasi, 32-oyat).
Hazrati Iso alayhissalom chaqaloqliklarida Allohning mo`'jizasi bilan so`zlaydi va so`zlaridan biri onaga itoat bo`ladi. Bir umr ona hasrati bilan Yashagan janobimiz Muhammad sollallohu alayxi va sallam uchun ona muhabbati butunlay boshqa masala.
Kur'oni karimda bir qissa bor. Hazrati Muso alayxissalom Tur tog`idan qaytganidan so`ng qavmining takror kufrga qaytganini bilgach, hazrati Horun alayhissalomning yoqasiga yopishgan xolda undan izoh talab qiladi. Birodarining g`azabini ko`rgan hazrati Horun alayhissalom shunday so`z boshlaydi: «Ey onamning o`g`li!»
Hazrati Muso alayhissalom bilan Horun alayxissalomning ota-ona ekanliklarini shundan bilsa bo`ladi. Horun alayxissalom onalarining shafqatini eslatish bilan birodarining g`azabini bosishni istagan edi.Keyingi oyatda ko`rinadiki, Muso alayhissalom birodarining xitobidan ta'sirlanadi hamda duo kiladi:
«Robbim, meni va og`amni mag`firat qilgin va bizlarni O`z rahmatingga kiritgin. Sen rahmlilarning rahmlisisan.» («A'rof» surasi, 151-oyat).
Hech bir hid onaning hidi kabi yokimli emas Chakalok uchun hech bir sut o`z onasining sutidek totli emas. Hech qaysi ota onalik qilolmaydi. Bu ham onaning bir mo`'jiza ekaniga dalildir. Bolani ona yotoqqa yotqizishi bilan ota yotqizishi o`rtasida tog`day farq bor. Yoki sayrga chiqqaningizda halinchak uchayotgan bolaning onasi tebratishi bilan otasining tebratishidagi farqni ko`rganingizda nima uchun onaning bolasi ulg`ayayotganida yonida bo`lishi lozimligini anglaysiz. Bu so`zlarimiz bilan otaning kiymatini tushirmoqchi emasmiz. Bola bilan eng maqbul ravishda ona shug`ullana olishini ta'kidlamoqchimiz. Bolaning o`zini tutishi va tuygularini ifoda etishida ilk to`rt yil juda muhim ahamiyatga ega. Go`daklik chog`ida ona boladan bir necha soatga uzoklashsa, bola o`zini suvsiz kolgan balikdek his qiladi. Bola o`zini xavfsiz xis kilmasa, qo`rqinchli bir taxdid ostida qolgandek bo`ladi, qo`rqadi va stress gormonlari paydo bo`ladi. Onasini panoh deb his qilgani sabab onasini ko`rganida o`zini ishonchli ko`llarda ekanini sezadi. Hatto xalqimizda biroz fursatga onasidan ayro kolgan yig`lab, xarxasha qilgan bolalarni ovutish uchun qo`llaydigan bir usul bor. Bola yig`laganida onaning biror buyumini olib kelib, bolaga hidlatishadi, onasining hidini olgan bola tinchlanadi, chunki bu hid uning o`zini osoyishta his kilishini ta'minlaydi.
«Olim etishtirgan onalar» kitobidan.