x

Bola pul haqida ma'lum bir tushunchaga ega bo`lgunicha u bilan daraxt barglarini farqlamaydi. Bola ota-onasi kabi hamyondagi rangli qog`ozlarni bir nimalarga, masalan, shirinliklarga osongina almashtirib olish mumkin deb o`ylaydi.

Shunday ekan, cho`ntak puli bolani rag`batlantirish uchungina emas, balki undan to`g`ri foydalanishni o`rganishi uchun ham kerak.

Buning uchun pul haqiqatan ham bolaniki bo`lishi shart. Cho`ntak pullari bolalarga o`z ehtiyojlari uchun ajratilgan mablag`. Ammo ota-onalar farzandiga tegishli bo`lgan pulni qanday sarflash yaxshiroqligini ta'kidlashdan o`zlarini tiya olmaydilar. Nega? Chunki ular ko`pincha bolalarning tanlovini - u yoki bu narsani nima uchun sotib olishganini tushunishmaydi. Niyatlari qanchalik yaxshi bo`lmasin, maslahatlari bilan farzandlariga yomonlik kilib kuyishlari mumkin. Chunki bola to`g`ri va mustaqil qaror qabul qilishni o`rganolmaydi. Ammo bolaning xaridlariga mutlaqo e'tiborsizlik qilish ham yaramaydi. Demak, bu erda me'yorni unutmaslik lozim.

Oilada pul kanchalik to`g`ri va oqilona boshqarilmasin, bu bolaning moliyaviy barqarorligini kafolatlamaydi. Pul bilan muomala kilishda va shaxsiy g`aznani boshqarishda bolaning o`z tajribasi bo`lishi kerak.

Agar bolangizga cho`ntak pulini bermas ekansiz, uni shaxsiy byudjetni boshqarish amaliyotidan mahrum qilasiz.

Bola cho`ntak pullarini o`z xohishiga ko`ra sarflashi kerak. Albatta, avval yo`l-yo`riq ko`rsatishingiz mumkin, lekin pulni boshqarishga aralashmang. Tajriba va xatolar orqali u o`z byudjetini nazorat qilish va rejalashtirish muhimligini tushunadi.

Bolalar o`zlari qaror qabul qilishlari va oqibatlariga o`zlari javob berishlari kerak. Cho`ntak pullari bolani nafaqat rejalashtirishga, balki tejashga ham o`rgatadi.

Masalan, bola qaysidir o`yinchoqni olishni xohlaydi. Sotib olib bermang, lekin cho`ntak pullaridan tejab o`zi sotib olishi mumkinligini ayting. Siz o`yinchoq uchun kancha pul yigishi kerakligini hisoblashda yordam berishingiz mumkin.

Oila byudjetida farzandlari uchun faqat oziq-ovqat, tozalik vositalari, davolanish va katta maishiy texnikalarni sotib olish xarajatlarini o`z bo`yniga olgan ota-onalar bor. Kiyim-kechak, gadjetlar, kitoblar va boshqa- lar bolaning shaxsiy byudjetidan qoplanadi. Shunday yo`l tutish mumkin. Asosiysi qanday xarajatlarni bola haqiqatan ham eplay olishini aniqlashdir. Bir narsani esda tuting: haddan tashqari ko`p pul bermaslik kerak, hatto imkoningiz bo`lsa ham.

 

Men, bolam va pulkitobidan.

To Top ↑
To Top ↑