x

Ona! Kanday go`zal kalima! Qaysi tilda aytilsa, aytilsin.... «Ona» der ekanmiz, ich-ichimizda bir huzur va muhabbat paydo bo`ladi. Ona bo`lish osonmi? Kim ona kabi seva oladi? Kim onadek qo`riqlaydi? Eng ishongan eshiklaringiz siz uchun to`satdan yopilsa ham, onaning eshigi hech qachon yopilmaydi. Ovozini balandlatishi mumkin, jahl qilishi mumkin, balki sizga og`irroq tuyuladigan gaplar aytishi mumkin, lekin ularning farzandlariga bo`lgan muxabbati tugamaydi. Ona shunday borliqki, har qanday mavjudot onalik xislati bilan o`sha shafqat, o`sha marhamatni olib yuradi. Insonlardan tortib, yirtqich hayvonlargacha ona o`zgarmas bolalarini injitmas, farzandlarining hayotini go`zal kilish uchun qo`lidan nima kelsa kiladi. Bir sirtlon o`tkir tishlari orasida bolasini olib yurarkan, bolalarini xavfdan asrashi bilan onalik tuyg`usining naqadar hassos bir his ekanligini kursatadi bizga. Ona marhamat to`la bir qalbdir. O`zi kon kussa-da bolasiga buni sezdirmaydi. Og`riqlarini ichiga yutadi. Dunyoni esa bolalariga go`zal ko`rsatadi.

Bolalar tarbiyasida onalarning ta'siri kattadir. Chunki bola ona bilan ulg`ayadi. Onaning tarbiya maskani zararga yo`liqsa, nasllarda o`nglanmaydigan yaralar ochiladi, onani yo`qotgan jamiyat kelajagini yo`qotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko`ksidir. Har yurak urishida go`dagiga bo`lgan mehr mavjlanarkan, u onasi
 bilan birgalikda sekin-asta tarbiya topa boradi. Afsuslar bilan aytishimiz mumkinki, ishlaydigan ona farzandi bilan to`liq shug`ullana olmaydi. Vaholanki, uning o`zi farzandining kelajagi uchun ishlashini da'vo qiladi. Aslida uning farzandidan ayro kolgan har bir daqiqasi xuddi bir yilni qo`ldan boy bergandek ahamiyatlidir. Farzand endi onaning emas, boquvchisining, o`qituvchisining yonida ulg`ayayotgan bir xulq bilan katta bo`lmokda. Maqsadimiz enagalarni yoki o`qituvchilarni qoralash emas. Aytmoqchi bo`lganimiz, agar enaga yoki o`qituvchi yaxshi axloq egasi bo`lmasa, u bolada o`z izini qoldiradi. Buni esa hech kaysi ona istamasligi aniq. Bugungi kun onalarini bu qiyin vaziyatdan xalos qilish zarur. Onalar bolalarining go`zal tarbiya olishi va sog`lom kelajaklari uchun o`zlarida ishlash majburiyatini his kilmasligi lozim. Gohida xayotda boshimizga tushgan turli musibatlar sababli ona bolalarini tashlab, ishlashga majbur bo`lishi mumkin. Faqat turmush o`rtog`ining maoshi etarli bo`lsa-da, turli feministik qarashlar bilan <

Uch pullik dunyo manfaatlariga erishaman deb, bolalarimizni begona kullarga topshirmaylik. Kar'era yarataman deb, uning izidan quvib, bulgan vaktlarni o`z hislarimizga qurbon qilmaylik. Farzandlarimizning sog`lom va baxtiyor ulg`ayishini sotib oladigan hech qanday pul, hech qanday boylik bu dunyoda yuk. Ona uydagi g`amxo`r kishi bo`lsa, ota u uyning boshidir. Uyning moddiy va ma'naviy javobgarligi otaning zimmasida. Uning vafoti bilan ham farzandlar, ham ona qiynaladi. Yoshlikda beva  qolgan ona uchun ishlar avvalgidek oson kechmaydi: u ham ona, ham ota bo`ladi. Na onalikni nuqsonli qiladi, na bolalariga otasizlikni sezdiradi. Balki shu tufayli jannat onalar oyog`i ostiga to`shalgandir.

Janozaga borganingizda guvoh bo`lgandirsiz, imom janozada kishining ismini onasining ismi bilan tilga oladi: «Hadija o`g`li falon» deya. Chunki insonning otasi kimligi aniq bo`lmasligi mumkin, lekin onasining kimligi ravshan bo`ladi.


OLIM YeTIShTIRGAN ONALAR  kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑