x

Tajriba muvaffaqiyat sari odim tashlayotgan kishi uchun eng kuchli xotira sanaladi. Bola amaliyotda nimalardir qilsagina nimalarnidir kashf qiladi.

Bolalarning umumiy axloq qoidalari va hayotiy xavsizliklariga zid bo`lmagan qilgan xato ishlariga ko`z yumish yoki e'tibor bermaslik kerak. Chunki ular xato qilganlari sari tajriba orttiradilar.

Agar ota-ona «O`g`lim, qizim bu ishni sen qilma, men o`zim eplayman» qabilida gaplar aytib farzandining tajriba orttirishiga to`sqinlik qilsa, uning katta hayotda aynan mana shu ish uchun, boshqalarga muhtoj bo`lishiga sabab bo`lib qoladi.

Bu misolni umumlashtiradigan bo`lsak, katta hayotda asqotadigan ko`p tajribalarni orttirmaslik kishining kelgusi hayotda butunlay boshqa kishilarga muhtoj bo`lib qolishiga olib keladi.

To Top ↑
To Top ↑