x

Mutaxassislar ona sutining biologik foydalari to`g`risida ko`p so`z yuritishadi. Vaholanki, emizish davri bolaga ruhiy ozuqani ham etkazadi. Ona va bolaning bir-biriga nisbatan g`oyatda muhim bo`lgan aloqalarini mustahkamlaydi. Ona suti bilan oziqlangan bo laning ruhiy rivojlanishini hisobga olmasdan unga faqat fiziologik rivojlanish jihatdan e'tibor qaratish noto`g`ri. "Olti oydan so`ng ona sutidagi ozuqaviylik kamayadi" degan tushuncha bilan bolani sutdan chiqarish xam onaning bolaga nisbatan qilingan noto`g`ri harakati hisoblanadi. Vaholanki, so`nggi ilmiy tadqiqotlar olti oydan keyin ham ona sutidagi ozuqaviylik kamaymaganini ko`rsatmokda.

ONA SUTI

Bola dunyoga kelishi bilan ona va bola o`rtasida mukammal munosabatlar va hodisalar sodir bo`ladi. Bular ichida eng asosiysi emizishdir. Emizishning pedagogik jixatdan foydalaridan avval, uning bola uchun fiziologik foydalariga e'tibor qaratib o`tamiz. Chunki ona suti rivojlangan texnologiyaning barcha imkoniyatlarini ishga solinishiga qaramasdan, o`xshatilishi va ishlab chikarilishi mumkin bo`lmagan yagona ozuqa moddasidir.

Bola dunyoga kelishi bilan ona va bola o`rtasida bi xil shaklda biometr (biologik xronometr) ishlay bosh laydi. Misol uchun, bola tug`ilgan kundayok ona miyasidgi biometrik soat bolaning birinchi dorisini beri vaqti kelganligi to`g`risida uning miyasiga signal yub radi. Ona vujudi ham shunga mos ravishda chaqaloq uchu antibiotik tayyorlaydi. Bu antibiotik dori dastlav ki sut bo`lib, onaning odatiy sutidan biroz farqli v quyuqroq bo`lib, uni kolestrum yoki "palla suti" deb ata ladi. Tarkibida kolestrum bo`lgan bu sut chaqaloq uchu dori vositasi bo`lib hisoblanadi.

Faqatgina "Palla" sutidagina emas, balki keyin gi sutlar tarkibida ham bolani turli kasalliklar ga qarshi himoya qiluvchi probioktik moddalar mav juddir. Ular bolaning ichaklaridagi foydali bakte riyalar miqdorini ko`paytirib, duch kelishi mumki bo`lgan kasalliklarga qarshi kuchli immunitet pay do qiladi.

Faqatgina "Palla" sutidagina emas, balki keyingi sutlar tarkibida ham bolani turli kasalliklarga karshi ximoya kiluvchi probioktik moddalar mav juddir. Ular bolaning ichaklaridagi foydali bakteriyalar mikdorini ko`paytirib, duch kelishi mumkin bo`lgan kasalliklarga qarshi kuchli immunitet paydo qiladi.

O`tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko`ra ona suti bilan oziklanmagan bolalarda o`lim darajasi 4-6 barobar yukori ekanligi kuzatilgan. Jahon sog`liqni saklash tashkiloti raqamlariga ko`ra esa dunyodagi bar- cha bolalar ona suti bilan oziqlangan taqdirda yiliga 1.5 million bola hech qanday dori vositalarisiz voyaga etadi.

Ona-bola o`rtasidagi sut bilan boshlangan muloqotning foydalari bu bilan cheklangan deb o`ylaysizmi? Albatta, yo`k. Avval aytib o`tilgan ona miyasidagi biomet rik soat soyasida ona vujudi chaqaloqni har doim nazoratda ushlaydi va buni "onalik refleksi" deb atash ham mumkin. Onalik tuyg`usi yordamida ona ba'zan o`zi sezgan yoki sezmagan holatda bolaning barcha ehtiyojlarini qondirishga tayyor turadi.

Chaqaloqning birinchi 15 kunligidagi ozukaviy yoki boshqa shakldagi zaruratlari uning 1 oylik davridagidan tubdan farq qiladi.

Hech kaysi ona bolaning birinchi oyida unga qancha mikdor temir, kancha miqdor protein etkazib berish kerakligini hisoblay olmaydi. Endigina faoliyatini boshlagan chaqaloqning kichik ichki organlari tashqaridan kirgan ozuqalardan zarar ko`rmasligi uchun yuqori- da aytib o`tilgan hisob-kitoblar millimetrik o`lchamda ya'ni o`ta noziklik bilan hisoblanishi lozim. Aynan shu nuktada ona miyasidagi biometrik soatning ahamiyati yana o`zini ko`rsatadi. Chunki biologik soat bolaning necha kunlik ekanini ona miyasiga etkazadi, olingan signal natijasida ona vujudi bolaga kerak bo`ladigan barcha moddalar miqdorini mukammal tarzda hisoblaydi va ona ko`kragiga yuboradi. Onaning aqliy ishtirokisiz sodir bo`ladigan bu sokin jarayon mukammal tashkillashtirilgan favqulodda mo`'jizadir.

Shu sababdan bolaning kunlik ehtiyojiga qarab tarkibi har doim o`zgarib turadigan ona sutining o`xshashini topish imkonsizdir.

 

    Bola tarbiyasida to`g`ri ko`rilgan          xatolar kitobidan

To Top ↑
To Top ↑