Maktabga borish bolalar hayotida katta voqea hisoblanadi. Maktab ularga yangi dunyoni ochib beradi, ularning asosiy faoliyatlari o`zgaradi. Ular katta bo`lib qolganlarini his qiladilar va asosiy vazifalari o`kish, fan asoslarini puxta o`zlashtirishga astoydil kirishadilar. Fanlarni yaxshi o`zlashtirish uchun bola, albatta, sog`lom bo`lishi kerak. Maktab dasturi murakkab bo`lib, o`kuvchidan jiddiy aqliy mehnat talab etadi. Bu uchun esa bolani maktabga oldindan tayyorlashni taqozo qiladi. Bu tayyorgarlikni bola 5 yoshga to`lgandan boshlash kerak. Agar bola bog`chaga qatnamaydigan bo`lsa, u shifokor mutaxassislar nazorati va umumiy tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi lozim. Bu bilan bolaning ruhiy va jismoniy rivojlanishi, unda biron kasallik bor-yuQligi aniqlanadi. Chora ko`riladi.
Har bir bolaning uyga berilgan topshiriklarni bajaradigan doimiy ish joyi, ya'ni stoli yoki partasi bo`lishi kerak. Ular bolaning bo`yiga mos bo`lishi lozim. Bola o`zining ish joyini saranjom-sarishta tutishi, kitob, daftar, kalam, ruchka va boshka narsalarni batartib saqlashi, ertangi kunga zarur narsalarning hammasini taxt qilib qo`yishi kerak. Bola shunga kat'iy odatlansa, bu odati uning o`qishida xam, mehnatida ham engillik tug`diradi.
Honaning yaxshi yoritilishi juda muhimdir. Dars tayyorlayotgan bolaning stoliga qo`ldan tushayotgan soya xalaqit bermasligi uchun, yoruglik chap tomondan tushishi lozim. Stolning usti va undagi narsalar yaltiramasligi kerak. Aks xolda, harflar aniq ko`rinmaydi va bolaning ko`zi toliqadi.
Bola ko`z bilan kitob (daftar) o`rtasidagi masofaning to`g`riligini tekshirish uchun tirsakni stol ustiga kuyib, barmoklar uchini chakkaga tekkizish kerak. Bola stolga yastanib o`tirmasin. Ko`krak bilan stol orasidan kaft bemalol o`tishi kerak. O`qiganda kitob 45° burchak ostida kiyshik turishi va boladan kamida 30-40 sm narida bo`lishi lozim.
Bolani maktabga tayerlayetganda u bilan birgalikda yul xarakati koidalarini xam o`rganish kerak. Bola maktabga qanday borishi, qayerda va kaysi paytda yulni kesib o`tishi kerakligini amalda ko`rsatish lozim.
O`kish boshlanishiga 1-2 oy kolganda yangi kun tartibini tuzish maqsadga muvofikdir. Bu kun tartibida maktabdagi mashg`ulot va maktabda beriladigan topshiriqlarni uyda bajarishni ham nazarda tutish kerak.
Bola maktabga oldindan tayyorlab borilsa va unda oila a'zolarining barchasi faol ishtirok etsa, u odatda yangi hayotga xotirjam va dadil kadam tashlaydi, o`qishi ham engil kechadi.