«4-7-8» nafas mashqini bajarish
To`rt soniya davomida burundan chuqur nafas olib, etti soniya ushlab turiladi va sakkiz gacha sanab, sekin-asta og`izdan chiqariladi.
Hatto bir-ikki urinishning o`zidayoq natija bo`ladi: yurak urishi sekinlashadi, hissiyotlar tinib, xotirjam fikr yuritish uchun imkon paydo bo`ladi.
Stressni tahlil qilish
Stressning sababini tushunish va uni tahlil qilish stressdan halos bo`lishning zarur sharti sanaladi.
Masalan: «Ha, balki men topshiriqni o`z vaqtida topshira olmasman. Mabodo shunday bo`lsa ham, buning salbiy oqibatiga chidash mumkin».
Yuz berishi mumkin bo`lgan eng yomon holatni tahlil qilib ko`rib, siz ancha xotirjam tortasiz va tinchlanasiz.
Jismoniy faollik
Uyni tozalash, shkafni tartibga keltirish,idish yuvish - e'tiborni boshqa tomonga burish va biroz bo`shashib, tinchlanishning samarali usullaridan biridir.