Ko`pchilik insonlar chaqaloqlarga televizor ta'sir o`tkazadi, rivojlanishiga yaxshi deya bolalar kanallarini qo`yib beradilar. Aslida bu gap 3-4 yoshli bolalarga nisbatan aytiladi. Televizor chaqaloqning intellektual rivojlanishiga yordam bermaydi. Hatto eng ilg`or media qurilmalardagi ovozlar xam chaqaloq kutganidek o`ziga kerakli e'tiborni bermaydi. Shuning uchun ularga nisbatan xech kanday ta'sirlanish sezmaydi. Chaqaloqlar uchun eng yaxshisi ovozlar emas, sizning qo`llaringizdir. Uni bag`ringizga bosishingiz, qo`llarini ushlashingiz, yuzlaridan silashingiz ular uchun qimmatlidir. Chaqaloqlar uchun ota-onalar bilan o`ynash, ularning rivojlanishi uchun juda muhimdir.
Farzandingizni sun'iy ozuqa bilan o`stirmang
Ba'zi onalar qomatini asrash uchun farzandini sun'iy ozuqa bilan oziqlantiradi. Lekin bolalar shifokorlarining aytishicha, sun'iy ozuqa bilan ulg`aygan bola tez shamollaydi va ko`p kasalliklarga chalinadi.
Tengqurlari bilan o`ynasin
Bolangiz o`zi tengi bolalar bilan ko`proq muloqot qilishiga imkon bering. Ko`chaga chiqib ko`shni bolalar bilan o`ynasin yoki biror to`garak, sportga bering. Faqat atrofida yaxshi bolalar bo`lishiga e'tibor qiling. Yoshligidan yaxshilarga yondashib ulg`aysin.
Bola o`z tengqurlari bilan birga bo`lishi dunyoqarashi kengayishi, aqliy rivojlanishiga sabab bo`ladi. Ota-onasi bilan tengqurlari bilan gaplashgandek gaplashmaydi-ku...
O`ng qo`lda taomlansin
Bolangiz ishlarni chap qo`lda bajaradigan bo`lishi mumkin, hatto chap qo`lda yozar, lekin ovqatlanish doim o`ng qo`lda bo`lishiga e'tibor qiling. Boshida qiyin bo`ladi, ammo o`rgansin. Boshqa ishlarni chap qo`lda qilaversa xam mayli.