Bolalarning diniy tarbiyasida har bir yoshning aloxida ahamiyati bor. Biroq diniy tarbiya tuyg`ularining rivojlanishida maktabdan avval oltin davr deganimiz juda ahamiyatli. Ota- onaning sog`lom diniy ilmlarga ega bo`lishi bu davrni oltinga aylantiradi.
IKKI YoSh
Ikki yoshdagi bolalarning tili chiqayotganida katta o`zgarishlar bo`ladi. Bu yoshda ijtimoiy jixatdan o`zini qiziqtirgan tashqi dunyo bilan bog`liq savollar so`ray boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarga diniy xikoyalar o`qish, Qur'oni Karim va go`zal so`zlar tinglatish foydalidir.
UCh YoSh
Uch yoshdagi bolalar beqaror va isyonkor bo`ladi. Bir nimadan qaytarganingizda g`azablanadi. Atrofdan yordam xam so`ramaydi. Hamma ishni o`zboshimchalik bilan qilishga urinadi. Bu munosabat shakllari uch yoshning oxirlarida o`zgaradi. Faqat bu yoshdagi ruxiy zerikishlari keyinchalik paydo bo`ladigan qaysarlikka yo`l ochishi mumkin. Bu yoshda bolaga bir dunyo diniy amallarni majburlab o`rgatishga urinmang, aks holda bunday mavzulardan umr buyi nafratlanishi mumkin. Zotan, uning o`zi savol berishni boshlaydi. Alloh, Payg`ambarlar, farishtalar va diniy mavzularga oid savollar beradi. Ammo javoblar qisqa va tushunarli bo`lsin. Bu yoshdagi bolaning asab tizimi tayyor bo`lmagani uchun unga uzun duolar va suralarni majburlab yodlatmang.
TO`RT YeSh
To`rt yosh bolaning eng qiziquvchan yoshidir. Hamma narsani bilishni xohlaydi. Diniy xikoyalarni ertak uslubida aytib bering.
BYeSh YoSh
Besh yosh bolaning tugunli nuqtasidir. Bu yoshni mutaxassislar oltin yosh ham deyishadi. Bu yoshda uy ishlariga yordam berishni yaxshi ko`radi. O`zidan kichkinalarni himoya qilishga urinadi. 5 yosh bolani ibodatlarga oshno qilish davridir.
OLTI YoSh
Olti yoshdagi bolalarda ba'zan uch yoshda bo`lgani kabi qaysarliklar yuz beradi. Atrofdagilar bilan tortishuvga kiradi. Har doim yaxshi va eng birinchi bo`lishni xohlaydi. Bola mantiqan tushunishni boshlaydi. Bu yoshda ko`p- ko`p hikoyalar o`qib, savol-javobli tarzda takrorlashlar olib borishingiz mumkin. Olti yoshdagi bolaning savollari shunchaki ahamiyatsiz savollar emas. Sizni tinglash va bilmagan narsasini chindan xam o`rganish uchun savol beradi. Bu unga beriladigan ma'lumotlarni olishga tayyor deganidir.
YeTTI YoSh
Yetti yosh butun pedagoglarning fikriga ko`ra, bilim o`rgatish, yodlatish yoshi emas, sevgi ko`rsatish va yoktirish zamonidir. Demak, Alloh va Rasulini sevdirish vakti.
O`N YoShDAN KYeYIN
O`n yoshdan keyin bolalarning o`smirligi, ya'ni o`tish davri bo`y ko`rsata boshlaydi.
Oxirgi paytlarda ba'zi ota-onalarning olti-etti yoshdagi bolalarini qori kilish g`ayratiga tushib kolganini ko`ryapmiz. Ammo bu munosib yosh emas. Qur'on yodlashda juda siqiladi, natijada Qur'ondan sovishi mumkin. 10 yoshdan keyin bolani tartib bilan qiziktirib, bu ishga qo`l urish kerak.
Said Chamlija
“Bolalar jahannamda yonmaydi” kitobidan