Eng avvalo, uning asabi tinch bo`lishi va ko`p uxlashi kerakligi. Ona qanchalik ko`p dam olsa, sut kelishi shunchalik yaxshilanadi.
Sut ko`payishi uchun emizikli ayollar sut mahsulotlarini ko`proq iste'mol qilishlari zarur. Faqat yangi sog`ilgan yoki yaqinda qaynatilgan sut ichish tavsiya qilinmaydi. Sutni shirchoy qilib, ichiga yog` yoki yong`oq solib ichish juda foydali.
Emizishdan 20 daqiqa oldin, albatta, biror-bir suyuqlik ichish zarur.
Kunda kamida ikki mahal issiq suyuq ovqat iste'mol qilishga odatlanish ham ona sutini ko`paytiradi.
Guruchli taomlar, ayniqsa, palov hamda moshli taomlar ona sutini ko`paytirish xususiyatiga ega.