Ota-onalar farzandlarini har bir taomning ta'midan lazzat olishini xohlaydilar. Bu esa turli salbiy natijalarga ham olib kelishi mumkin. Bolaga ona sutidan boshlab uning ishtahasini kam qitiqlovchi ta'mlardan ko`ra ko`proq qitiqlovchi ta'mlarga asta-sekin o`tishi lozim bo`ladi. Buni boshqacha ifodalaydigan bo`lsak, agar bola ta'mni, tuzni lazzatni kichik yoshdayoq bilib qolsa, masalan, ta'mi unchalik kuchli bo`lmagan sabzavotlarni emay qo`yishi mumkin. Ona sutining ta'm darajasini asta-sekin orttirish kerak.
Bu mavzuga chuqurroq nazar solib ko`raylik. Inson oziqlanadigan ozuqalarning o`zlariga xos ta'm koeffitsiyentlari chegarasi mavjuddir. Bu ta'm chegarasidan o`tib ketilishi bolalarda ovqatlanish tartibining buzilishiga olib kelishi mumkin. Misol uchun, chipslarning tarkibi me'yordan ortiq tuz, yog`, ziravor va ishtaha qitiqlovchi bir nechta kimyoviy moddalardan iborat. Bola vujudi bu ta'mlar bilan tanishgach, uning organizmi uchun foydali bo`lgan turli meva-sabzavotlarni eyish darajasi o`ta pasayib ketadi. Bolaning foydali narsalarni iste'mol qilishini odatga aylantirish uchun unga taqdim qilingan ta'mlar bosqichma-bosqich bo`lishi kerak. Iloji boricha kimyoviy ta'm beruvchi mahsulotlardan taqdim qilayotganda uning tabiiy mahsulotlardan o`zib ketmasligiga jiddiy e'tibor qaratish lozim