x

Joyvamuhitovqatlanishuchunuyg`unmi?

Joy va muhitning uyg`unligi deyishdan maqsad – bolaning o`sha paytdagi ruhiy holati ovqatlanishga to`sqinlik qilmasligini aniqlashdan iboratdir. Masalan biroz avval onasi hafa qilingan bolani ovqatga chaqirilsa, uning ishtaha bilan ovqatlanmasligi g`oyat tabiiy. Yoki o`rtoqlari bilan berilib o`ynayotgan bolani o`yin o`rtasida ovqatga chaqirish ham bolada ovqatlanishga nisbatan norozilik bildirishiga sabab bo`ladi.

Shu o`rinda yana bir xususga diqqat qilishimiz kerak. Bolaning ovqatlanish tartibi buzilishiga olib keluvchi asosiy sabablaridan biriga aylanadi. Ovqatlanish jarayonida bola oilasi bilan o`tirib suhbatlashishi, navbati bilan o`zi ham gapira olishi kerak. Bola dasturxon atrofiga to`planish vaqtini nafaqat ovqatlanish uchun to`planish, balki uning eng yoqimli damlari sifatida ko`rishi lozim. Aks holda, qorin to`ydirish uchun to`planish – bolani jismonan va ruhan ulg`ayishiga salbiy ta'sir ko`rsatuvchi omillardan hisoblanadi.

Bundan ham yomoni ovqatlanish jarayonida, ya'ni dasturxon atrofida bolani so`roqqa tutish, uni tanqid qilish, baholari pastligini bila turib qayta so`ralishi bolaning ishtahasini bo`g`adi va majburan ovqatlanishiga to`g`ri keladi. Bu esa turli fiziologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, dasturxonning tartib bilan tuzilishi, qaraganda ko`z quvonadigan bo`lishi, undagi narsalarni ranglariga mos idishlarga qo`yilishi ham  boladagi ishtahaning ochilishiga sabab bo`ladi. Ovqatlanishda joy va muhit uyg`unligi deganda yuqoridagi qoidalarga diqqat qilish ham bolaning ovqatlanishdan zavqlanishini ta'minlaydi.

To Top ↑
To Top ↑