Barcha bakteriyalar ham xavfli emas, lekin ba'zida ota-onalar hushyor bo`lishlari kerak. Agar uyda yosh bola bo`lsa, biz uni bakteriyalardan himoya qilishga harakat qilamiz. Ammo bakteriyalarning faqat ba'zi turlarigina kasalliklarga olib kelishi mumkin, qolganlari esa zararsizdir.
Bola emaklayotganda barcha narsani og`ziga soladi - o`yinchoqlardan tortib polda yotgan iflos narsalargacha. U ob'ektlarni ta'tib ko`rish va teginish orqali atrofidagi tevarak dunyoni o`rganadi. Bundan tashqari, ba'zi mutaxassislar bolaning organizmida bakteriyalar bo`lishiga ijobiy qarashadi. Ularning ta'kidlashicha, bakteriyalar bolaning immunitet tizimini mustahkamlaydi va uni kelajakda turli infektsiyalarga qarshi kurashishga tayyorlaydi. Biroq, hushyorlikni yo`qotmaslik zarur. Bilamizki, ko`p mikroorganizmlar bolaga zarar etkazmaydi, ammo ularning ayrimlari xavfli bo`lishi mumkin.
1 - maslahat . Farzandingiz poldan yoki gilamdan egulik bo`laklarini olsa, tashvishlanishga hojat yo`q. Agar siz muntazam xonani va gilamni changyutkich bilan tozalab tursangiz, xavfli mikroblarning polga tushishi dargumon. Farzandingiz nam bo`lgan narsalarni chaynashiga yo`q qo`ymang. Bunday narsalar bolalarda turli kasalliklarga olib keladigan mog`or yoki xavfli bakteriyalarni rivojlantirishi mumkin.
2 - maslahat. Agar bolalar shisha idishi yoki so`rg`ichi sterilizatsiya qilinmagan bo`lsa, tashvishlanishga hojat yo`q. Shishalarni qimmatbaho asbob-uskunalar bilan dezinfektsiya qilish yoki ularni qaynatish shart emas. Ularni sovun bilan issiq suvda yuvish va kerak bo`lganda cho`tkadan foydalanish kifoya. Bu xavfli bakteriyalardan xalos bo`lishga yordam beradi. Shisha idishda sut yoki chaqaloq bo`tqasi qolmaganligiga ishonch hosil qiling. Bolaning so`lagiga aralashib, bu qoldiqlar mikroblarning ko`payishi uchun qulay muhit yaratadi. Shisha idishni bola iste'moli uchun me'yor bo`lgan bir martalik ovqat bilan to`ldiring (agar bu etarli bo`lmasa, sut yoki chaqaloq ovqatidan qo`shimcha berishingiz mumkin). Chaqaloq ovqatini tayyorlashda faqatkina bir idishdan foydalaning va undan shishani to`ldirish uchun foydalaning. Shisha idishda qolib ketgan ovqatni tashlab yuborishga odatlaning.
3 - maslahat. Farzandingiz uy hayvonlari bilan o`ynashidan tashvishlanmang. Hatto it bolaning yuzidan yalasa ham xavotirga o`rin yo`q. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, agar bola hayotining birinchi yillarida uy hayvonlaridan uzoqroq tutilsa, unda jun allergiyasini rivojlanish xavfi ortadi. Bola uy hayvonlari ilgari o`ynagan narsalarni ushlamasligini nazorat qiling. Uy hayvonlari o`yinchoqlarini bolalar qo`li etmaydigan joyda saqlang.
4-maslahat. Agar farzandingiz hovlida o`sib yotgan o`t yoki qumni og`ziga solsa, tashvishlanmang. Bu unga katta zarar keltirmaydi. Ammo shu bilan birga, bolaga o`t yoki qumni mazali emasligini tushuntiring. Unga: «Uhh, buncha achchiq» deb ayting va uning e'tiborini boshqa joyga qarating. Farzandingiz itlar yuradigan joylarda turli chiqindilar, sigaret qoldiqlari yoki boshqa kimyoviy moddalarni ushlamasligiga ishonch hosil qiling. Farzandingizga erga tushgan non