x

1- qoida: Majburlash kerakmi?

Bolani majburlab ovqatlantirish mutlaqo noto`g`ri. Bolani yuqorida aytib o`tilganidek tabiiy ochlik yoki ishtaha paydo bo`lmasa, bola ovqatlanishdan nafratlanadigan  bo`lib qolishi mumkin. Shuningdek, «Ovqatingni tezroq e» kabi tanbehlar ham boladagi ovqatlanishdan oladigan lazzatni ketkazadi. Uning haqiqiy ishtahasini bo`g`adi. O`z holida ovqatlanish, bolaning ovqatdan ta'm olishini ta'minlaydi va ovqatlanish jarayonida turli muammolarni yuzaga kelishining oldini oladi.

2- qoida: Ovqatlanish vaqtini to`g`ri tanlash.

Ovqatlanayotgan vaqt ovqatlanish uchun mos payt ekani ham muhim omil sanaladi. Misol uchun, bolalar erta tongda nonushta qilishni umuman xohlamaydi. Hali uyqisirayotgan bolaga «Tez-tez choyingni ich», «maktabga kech qolasan» tarzidagi gap-so`zlar tabiiy ovqatlanish tizimiga zarar etkazadi. Bola uchun ovqatlanish payti  ochiqqan paytdir. Och qolgan bolaga ovqat bermaslik yoki qorni to`q  bolaga majburlab ovqat edirish boladagi ochlik hissini yo`q qilishi ya'ni uning och yoki to`q ekanini sezmaydigan darajaga olib kelishi mumkin. Ya'ni bu davrda bolaning qorni ochishiga yoki istagiga qarab ovqatlantirish maqsadga muvofiq bo`ladi.

To`rt yoshdan keyin ovqatlanishni vaqtga qarab bosqichma-bosqich almashtirish mumkin. Bolaning pala-partish ovqatlanishi navbatdagi ovqat vaqti kelganida uning ovqatlanishni istamasligiga olib kelishi mumkin. Shu sababdan bolaning bunday tartibsiz ovqatlanishiga ham diqqat qilish kerak bo`ladi. Ayniqsa, ovqat vaqtidan 1 soat oldin iloji boricha ovqatlanmaslik kerak. Zero haqiqiy ovqat vaqti uchun qorinda ochlik paydo bo`lsin.

To Top ↑
To Top ↑