x

Farzand ota-onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda va har qanday naqsh solinsa, shunga ko`ra shakllanadi, yo`naltirilgan tomonga egiladi. Agar bola yaxshilikka o`rganib, yaxshilik ichida voyaga etsa, eunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga tarbiya bergan har bir kishi sherikdir.

Ota farzandini dunyo olovidan qanchalik himoya qilsa, oxirat olovidan undanda ko`proq himoya qilishlari kerak. Odobu tarbiya vositasida yaxshi xulqlarni o`rganish va o`rgatish, yomonliklardan qaytarish, to`kin sochinlikka odatlantirmaslik, ziynatga muhabbat uyg`otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan saqlaydi. Aksincha, bola dunyo talabida uyg`aysa, abadiy halokatga yuz tutadi.

Farzand dunyoga kelgan ilk kunidanoq kuzatuv ostida bo`lmog`i lozim. Bolani emizish va murabbiylik ishlari diyonatli, halol ayolgagina ishonib topshirilishi mumkin. Chunki xaromdan hosil bo`lgan sutdan baraka yo`q. Agar undan iste'mol qilsa, bolaning qoniga xarom aralashadi va tabiati xaromga moyil bo`lib qoladi.

Yaxshi-yomonni farqlash hissi bolada shakllana borgani sayin nazorat kuchaytirilmog`i lozim. Buning avvalgi belgisi unda hayoning ilk nishonalari zohir bo`ladi. Shunchaki tortinib turish hali hayo emas, balki, aql nuri yorishib, bola ba'zi ishlarning boshqasiga zid ekanligini ko`radi, xunuk deb topgan ishlarni qilishdan uyala boshlaydi. Bu Alloh taoloning unga xadyasi, xulqning pokligini, qalbning sofligidan darak beruvchi bashorat, aqlning kamolga etganidan xushxabardir. 

Hayoli bolani e'tiborsiz tashlab qo`yish yaramaydi, balki unga hayo odobini o`rgatish bilan yordam bermoq lozim.

Abu Homid G`azzoliy «Riyozatun nafs» (Nafs tarbiyasi) kitobi. Tarjimon Rashid-Zohid

To Top ↑
To Top ↑