«Kitob – aqliga haq so`ramaydigan eng yaxshi xazina» degan edi mashhur mutafakkir bobomiz, shoir Alisher Navoiy. Qaysi zamonda yashasangiz ham kitob o`z ahamiyatini yo`qotmaydi. Kitob – yuksalish sari yo`naltiradi. Zamon rivojlanib, kanchadan-qancha etuk texnika, texnologiyalar yaratilmoqda. Ammo, ular kitobning o`rnini bosa olmaydi. Kitob o`qigan odamning yo`li hamisha yorug` bo`ladi. Quyida biz kitob o`qishning 7 foydali tomoni haqida aytib o`tamiz:
Kitob o`qish – atrof muhitni, dunyoni va o`zingizni anglashga yordamlashadi.
Kitob o`qish – yodda saqlash va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ya'ni, ko`p kitob o`qigan bolaning yodda tutish darajasi yaxshi, tez o`ylab, tez xulosa chiqaradigan bo`ladi.
Kitob o`qish – hozirjavoblikning shakllanishiga asos bo`ladi.
Kitob o`qish – odamlar bilan to`g`ri muomala qilishga o`rgatib, chiroyli nutqni shakllantiradi.
Kitob o`qish – so`z boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi.
Kitob o`qish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy iqtidorlarni yuzaga chiqaradi.