x

Agar ona farzandiga baqirsa, ursa, so`zlar aytsa, undan xafa bo`lsa, muammoga duch kelganida arazlasa, bola ham baqiradi, yomon so`zlar ishlatadi, boshqalardan xafa bo`ladi, arazlaydi, jahlning tubsiz girdobiga tushadi, chunki u shuni o`rgangan! Onasi noxush voqealar girdobida qolganida «echim» haqida emas, balki «muammo»ning o`zi haqida gapirishni afzal ko`rgan. Bolani ham o`z tarbiya usulining qurboniga aylantirgan.

Halqimizda «Qush uyasida ko`rganini qiladi» degan chiroyli maqol bor... Hayotining ilk yillarida bolamiz ham bizning yuz ifodalarimizni xatti-harakatlarimizni, voqea-hodisalarga bo`lgan munosabatimizni kamera misoli qayd etadi.

«Hmmm, dadam jahli chiqqanida devorni mushtlayapti, demak, shunday qilinishi kerak ekan». «Onam jahli chiqqanda, ukamni ham, meni ham uradi, bizga baqiradi. Men ham kimdandir g`azablanganimda baqirishim, uni urishim mumkin ekan» degan aqliy taxminlarni o`ylab topadi.

Ko`rinadiki, salbiy xatti-harakatlar shakillanishida davriy o`zgarishlarning ta'siri bo`lgani singari, muammolarga  bo`lgan munosabatimiz ham bolalarimiz ruhiyatiga  o`z ta'sirini ko`rsatadi.

Hadicha Kubro Tongar, «Baqirmaydigan bolalar» kitobidan.

To Top ↑
To Top ↑