x

Aka-ukalar, opa-singillarning bir-birini qizg`onishi ko`pchilik ota-onalarning eng ko`p uchraydigan muammolaridan biridir. Ba'zi, paytlarda bu hissiyotlar kuchayib oilada katta janjallar sodir bo`lishi ham mumkin. Bir tomondan bir-biriga teskari bo`lib qolgan ikki farzand, ikkinchi tomondan o`rtada ularni ajratish dardida bo`lgan ota-onaning ilojsizligi...

Ota-onani chorasiz qoldirgan, aka-ukani bir-biriga dushmandek qilib qo`ygan narsa nima o`zi? Aka-ukalar bir biridan nimani qizg`onadi? Qizg`onish bolaning xarakterida bormi yoki keyinchalik paydo bo`ladimi?

Qizg`onish insonning qonida bor

Ota-onalar farzandlari haqida gapirganda "Bolalarimning biri unday, biri bunday. Bir-biri bilan hech chiqisha olmaydi. Qizg`onish ularning qonida bor" kabi fikrlarni bildirishadi. Bu tushuncha to`g`rimi? Haqiqatan qizg`onish tuyg`usi insonning genlari orqali avloddan-avlodga o`tadimi?

Qizg`onish insonninig tabiatida mavjud bo`lgan tuyg`udir. Insonning hayoti davomida bu tuyg`uning muhim o`rni bor. Poymol qilingan tuyg`ular qizg`onishning boshlanishiga sabab bo`ladi. Modomiki, insonning tabiatida qizg`onish tuyg`usi bor ekan, nima uchun ba'zi insonlar telbalarcha qizg`onish inqiroziga duchor bo`ladi-yu, ba'zi insonlar bu tuyg`udan butunlay mosuvo? Savolning javobi aslida bola tarbiyasida qo`llanilgan noto`g`ri uslublar ortiga yashiringan. Bu noto`g`ri tarbiya yo`llari bir inson o`limiga ham olib boradigan o`ta kuchli qizg`onish tuyg`usiga ega bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin.

Ko`pchilik ota-onalar o`ta kuchli qizg`onish farzandning xarakterida bor deb o`ylashadi. Vaholanki, bu erdagi asosiy omil bolaning hissiyot dunyosini sezmagan holda poymol qilishdir.

To Top ↑
To Top ↑