Shariatimizda Ramazonda tug`ilgan bolaga ro`zaga moslab ism qo`yish shartligi haqida ko`rsatma yo`q. Ba'zilarning: «Bola Ramazon oyida tug`ilsa, Ramazon, Ro`zi va Hayit ismini qo`yish kerak» degan va yana shunga o`xshash gaplari asossiz va dinimizga aloqasi yo`qdir.
Musulmonchilik an'analariga ko`ra, Alloh taologa bandalik ma'nosini ifodalovchi, payg`ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarini qo`yish maqsadga muvofiqdir.
Unutmaylik, ramazon – Qur'oni karim nozil bo`lgan oy bo`lgani uchun aynan shu oyda Qur'oni karimni ko`proq o`qish tavsiya qilinadi. Zero, Qur'oni karim eng ulug`, eng afzal zikrdir. Bundan tashqari tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig`for (Astag`firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi.