1) Ramazon oyi farzandlarimizga ro`za, namoz va Qur'on tilovati kabi ibodatlarni o`rgatish uchun juda qulay fursatdir.
2) Bolalar bilan ko`proq muomala qilaylik, chunki ular ko`rganlarini qilishga oshiqadilar.
3) Har bir narsani bosqichma-bosqich o`rgatib borish kerak. Islom ta'limoti ham shudir.
4) Bolaning fahmi, zehni o`sishda, shuning uchun u sizning ko`rsatmalaringizga amal qiladi, siz bilan birga ro`za tutadi.
5) Ramazonda xonadondagi hayot tarzi, ovqatlanish va uxlash vaqtlari o`zgaradi. Shuning uchun farzandingiz ham shu tartibga moslashsin. Ularga tegishli vazifalarni belgilab bering.
6) Bola kattalar aytgan ishni bajargani bilan faxrlanadi.
7) 6-12 yoshgacha bo`lgan bolalarning Ramazondagi holatlari:
Ro`za tutishga jismoniy tayyor.
Talabni bosqichma-bosqich ko`tarib borgan afzal.
Bola otasiga qattiq taqlid qiladi.
Oilasining muhabbatiga sazovor bo`lish uchun ham ro`za tutadi.
Kattalar meni ro`za tutganim uchun maqtasin deb ham ro`za tutadi.
8) Ro`zada bolalar bilan munosabatda tavsiya qilinmagan ishlar:
Majburlab ro`za tuttirish.
Ro`zadorligiga beparvo bo`lish.
Boshqalar ro`zani sendan yaxshiroq tutyapti deb tanbeh berish.
Ro`za tutmagani uchun jazolash.
Ro`za haqida ma'lumotsiz qoldirish.
9) Ramazonda bolalarga o`rgatish lozim bo`lgan ishlar:
Sura, duo va zikrlarni yodlash.
Bolaga u tushunadigan tilda ma'lumot bering, qancha savol bersa ham malollanmang.
Bola bilan doimo xushchaqchaq bo`ling. Vazifalarini bajarganida mukofotlash yodingizdan chiqmasin.
Doimo holidan xabardor bo`lib turing.
O`zingiz unga yaxshi o`rnak bo`ling.
10) Ramazonda bolalarga aytish tavsiya qilingan so`zlar:
«Men sen bilan faxrlanaman!» deyishdan charchamang.
«Mashaalloh, kattalardek ro`za tutyapti! Mening polvonim!»
«Namozlarini ham qoldirmay o`qiyotgan arslonimdan o`rgilay».
«Bu o`g`limni hamma maqtayapti, hammaga o`rnak bo`lyapti».
«Ro`za tutganingda yana ham shirin bo`lib ketasan-da, bolajonim».
11) Farzandlaringiz bilan Ramazonda qiladigan ishlarning ro`yxatini tuzing:
Qarindoshlarni ziyorat qilish.
Ro`zadorlarga iftor qilib berish.
Qur'on tilovat qilish.
Hayr-ehson qilish.
Bemorlarni ziyorat qilish va hokazo
12) Bolalar birovga yordami tegishini juda yaxshi ko`radi. Shuning uchun ularga ba'zi bir engil ishlarni yuklab turing.
13) Bolalarni bezdiradigan amallar:
Ro`za tutmagani uchun jazolamang.
Tutgan ro`zasini boshqalarniki bilan solishtirib, ko`nglini ranjitmang.
«Sen endi katta bo`lib qolding, ro`za tutishing kerak», deb majburlamang.
Ro`za haqidagi savollarini javobsiz qodirmang.
14) Shuni yaxshi bilingki, bolalar ro`za tutishga mukallaf emas.
15) Qiziqtirib, maqtab, bolaning ruhini ko`tarib turing.