Yolg`onchilik insonning fitratida bo`lmasligi, u hayot davomida shakllanadi. Ya'ni yolg`on atrofdagilardan o`rganib qilinadigan harakatlar toifasiga kiradi.
Bola o`zi duch kelgan bir muammoni qanday hal qilishni ota-onasini kuzatib o`rganadi. Masalan, ona o`z ojizligini "yumshoq yolg`on" deb niqoblasa ham yolg`on har vaqt yolg`ondir. Bola qanday yolg`on gapirishni ota-onasidan aslo o`rganmasligi kerak. Bu tarzdagi ota-ona bo`lish bola uchun juda og`riqli bo`lgani kabi ota-onaga o`zi ulg`aytirgan bola tushib qolgan ayanchli holatni ko`rish ham iztirobdir.
Misol uchun, uy vazifasini bajarmasdan maktabga borgan farzandini "O`g`lim kecha darsini qildi, lekin uydan shoshilib chiqqanimiz sababli stolning ustida qolib ketibdi, uni ertaga olib kelsak bo`ladimi?" deb himoya qilishga uringan ona, o`z farzandining vijdonini zaharlaydi. Chunki bola bu manzarani o`z ko`zi bilan ko`rdi. Bola bu holatda yolg`onning qanday vaziyatlardan olib chiqib ketishi mumkinligini, uylamasdan bemalol yolg`on gapirishi mumkinligini ota-onasidan o`rganadi. Agar ota-onalar bolasiga kelgusida bir qancha muammolarga poydevor bo`ladigan "qobiliyat"ni bir necha daqiqada o`rgatganini bilishsa edi, Yolg`onning "y" sini ham aytishmagan bo`lar edi.
Ota-onalik izzat va g`urur obidasi sanalishi kerak. Hech bir bola o`z onasining yolg`on gapiradigan darajada pastkashlik qilganini ko`rishdan xursand bo`lmaydi. Ular bilan faxrlanmaydi.
Bola katta qilish mas'uliyatli ish va o`ta diqqat talab qiladi. Bunda ma'lum qoidalarga qattiq amal qilinishi shart. Bu qoidalarning eng muhimlaridan biri esa to`g`rilikdir.
Manba: Mezana ilm markazi