x

Ko`p hollarda, bolalarning qilgan ba'zi xatolari uchun ota-ona yoki yaqinlari tomonidan kuch ishlatish holati kuzatiladi. Bu o`z-o`zidan salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradi. 

Bolani kaltaklash uning rivojlanishini sekinlashtiradi. Zo`ravonlikka uchragan va eng yaqin odamlardan qo`rqadigan bolalar ko`pincha bo`yi va vazni bo`yicha tengdoshlaridan orqada qoladi.

Ular kamroq kuladilar va tengdoshlariga qaraganda yomonroq o`qiydilar. Bu bolalarda ko`pincha qo`rquv, duduqlanish, kuchli stress bo`ladi. 

Ular barmoqlarini so`rishadi yoki tirnoqlarini tishlashadi. Muttasil davom etgan kuch ishlatish natijasida bolalar doimiy stressda yashaydi, chunki bu bola tanasining har qanday zo`ravonlikka birinchi va eng kuchli reaksiyasi bildiradi.

Bolada tashqi dunyodan qo`rquv borligi sabab uni faol ravishda o`rganish istagi yo`qoladi, chunki har qanday qadam kamsitish va jazoga olib kelishi mumkin, deb o`ylashadi.

To Top ↑
To Top ↑