Ye vitaminining antioksidant xususiyatlari miyadagi nerv hujayralarini shikastlanishdan himoya qiladi. Aqliy faoliyatni rag`batlantiradi. Ye vitaminini ko`p miqdorda saqlovchi mahsulotlar: baliq, bargak (danaksiz turshak), ismaloq, o`simlik moyi;
Ayrim B guruh vitaminlari ( B⁶, B⁹, B¹²) – nerv impul'slari o`tkazuvchanligini yaxshilash va nerv tolalarini qayta tiklash xususiyatiga ega. Asosiy manbalari: qizil go`sht, jigar, dengiz baliqlari, sabzi, pomidor, apel'sin sharbati;
D vitaminining etishmasligi qarilik alomatlarini tezlatadi va xotira buzilishiga olib keladi. Quyosh nuri, tuxum, pishloq, qizil ikra tarkibida ko`p miqdorda D vitamini mavjud.