x

Bir guruh professional mutaxassislar 4 yoshdan 8 yoshgacha bo`lgan bolalardan tashkil topgan guruhga shunday savol berishdi: "Sevgi nimani anglatadi?" Ular olgan javoblar esa har kim tasavvur qilganidan ham kengroq, chuqurroq va ma'noliroq edi!

Rebekka — 8 yoshda:
“Buvim artritga uchraganida, u endi egilib, oyoq tirnoqlarini bo`yashga qodir emas edi... Shunday qilib, bobom uni har doim, hatto o`zining qo`llari artrit bilan kasallanganida ham bo`yab qo`yardi. Bu sevgi”.

Billi — 4 yoshda:
"Kimdir sizni sevsa, sizning ismingizni aytishi boshqacha bo`ladi. Faqat sizning ismingiz ularning og`zida xavfsiz ekanini bilasiz".

Karl — 5 yoshda:
"Muhabbat — bu qizning atir sepishi, o`g`il bolaning soqol qo`yishi va ular tashqariga chiqib, bir-birlarini hidlashlaridir".

Krissi — 6 yoshda:
"Sevgi — bu siz ovqatlangani chiqib, kimgadir fri kartoshkangizning ko`p qismini berishingiz va u sizga o`zinikini berishga majbur emasligidir".

Terri — 4 yosh:
"Sevgi — charchaganingizda tabassum qilishingizdir".

Denni — 8 yoshda:
"Sevgi — bu onamning dadamga qahva tayyorlab berishi va uning ta'mi yaxshi ekanligiga ishonch hosil qilish uchun uni dadamga berishdan oldin bir qultum ichib ko`rishi".

Nika — 6 yosh:
"Agar siz yaxshiroq sevishni o`rganmoqchi bo`lsangiz, o`zingiz yomon ko`radigan do`stingizdan boshlashingiz kerak."

Noyelle — 7 yoshda:
"Sevgi — bu yigitga ko`ylagini yoqtirishingni aytsang, keyin u har kuni o`sha ko`ylagini kiyishi".

Tommi — 6 yoshda:
"Muhabbat bir-birlarini juda yaxshi taniganlaridan keyin ham do`st bo`lib qolgan kampir va cholga o`xshaydi".

Sindi — 8 yoshda:
“Fortepiano kontserti paytida men sahnada edim va qo`rqib ketdim. Meni kuzatib turgan barcha odamlarga qaradim va dadamning qo`l siltab jilmayib turganini ko`rdim. U buni qilgan yagona odam edi. Men endi qo`rqmasdim."

Kler — 6 yoshda:
"Onam meni hammadan ko`proq yaxshi ko`radi. Kechasi uxlash uchun yotganimda meni o`pgan boshqa hech kimni ko`rmaganman.

Elaine — 5 yoshda:
"Sevgi — bu onamning dadamga eng yaxshi tovuq go`shtini berishidir."

Kris — 7 yoshda:
"Sevgi — bu onam dadamning hidlanib, terlab ketganini ko`rib, uni Robert Redforddan chiroyliroqsiz deb aytishi".

Meri Enn — 4 yoshda:
"Sevgi — bu kuchukchang uni kun bo`yi yolg`iz qoldirganingdan keyin ham yuzingni yalashi".

Karen — 7 yoshda:
"Birovni sevsangiz, kipriklaringiz yuqoriga-pastga tushadi va sizdan kichik yulduzlar chiqadi".

Mark — 6 yosh:
"Sevgi — bu onamning dadamni hojatxonada ko`rishi va u buni qo`pol deb o`ylamasligi..."

Ho`sh, sizningcha sevgi nima?

Asilbek Abdurahimov tarjimasi

To Top ↑
To Top ↑