Psixologlarning ta'kidlashicha, bola o`qishni yoqtirmay qolishiga quyidagilar sabab bo`ladi.
1. Avvalo, bolaning talablariga javob bermaydigan maktab, o`qituvchi va kontingent sabab bolada o`qishdan bezish yuzaga keladi.
2. Bolalar individualdirlar. Shu sabab maktabda hammani bir xil qolipga solinishi natijasida ularda o`qishga bo`lgan ishtiyoq "o`ladi".
3. Hato qilishga taqiq (Tomas Edison lampochka o`ylab topgunga qadar 999 marta adashgan ekan). Shu sabab xato qilgan bolani qattiq urishish yaramaydi.
4. Bolani tanqid qilaverish, bu uning o`ziga bo`lgan ishonchini so`ndiradi.
Ho`sh, unda nima qilish kerak?
Bolani to`g`ri rag`batlantirish.
Uning kichkina yutuqlarini ham "Barakalla, sening qo`lingdan kelishini bilardim" kabi rag`batli gaplar bilan maqtash kerak. Bola yomon baho olsa, nima sababli olganini birga tahlil qilib xatoni to`g`rilashni samimiylik va xotirjamlik bilan o`rgatish lozim. Bolani kaysi fandan, nimadan kiynalayotganini aniklash va unga yordam berish kerak. Darsdan keyin uni qandaydir ishlarga ko`mib tashlamaslik, bo`sh vaqti mazmunli o`tkazishiga sharoit yaratish ham muhim hisoblanadi.