x

Taniqli psixolog, pedagog, professor, bola tarbiyasi bo`yicha ko`plab kitob va qo`llanmalar muallifi — Yuliya Borisovna Gippenreyterning so`zlari ota-onalarni hammasi o`z-o`zidan iziga tushib ketishini kutmasdan, o`zaro munosabatlar ustida ishlashga undaydi. Quyida keltirilgan tavsiya va yo`l-yo`riqlar chuqur ma'noga ega bo`lib, ularni yaxshilab mushohada qilish talab etiladi:

1. «Quloqsiz», «muammoli», «o`ziga ishonmaydigan» va «baxtsiz» bolalar – doim noto`g`ri shakllangan oilaviy munosabatlarning natijasidir.

2. Bolani hech bir shartsiz qabul qilish – bu uni chiroyli, aqlli, qobiliyatli, a'lochi, yordamchi bo`lganligi uchun emas, shunchaki borligi uchun yaxshi ko`rishni anglatadi!

3. Bolani qancha ko`p urishsangiz, u shuncha yomonlashib boraveradi. Ota-onaning vazifasi bolada shartli reflekslarni ishlab chiqarishdan iborat emas.

4. Ota-ona qanchalik tez-tez bolaga zarda qilib, uni tanqid qilib, jerkib tursa, u shuncha tez «Meni yaxshi ko`rishmaydi» degan xulosaga keladi.

5. Tartib-intizom yaxshi aloqalar o`rnatilishidan avval emas, faqat ulardan so`ng va ular asosida shakllanadi.

6. Bola yordam so`ramagan paytda uning ishlariga aralashmang. Uning ishlariga aralashmaslik orqali unga «Hammasi joyida! Sen albatta uddalaysan!» degan undov berasiz. Farzandingiz murakkab vaziyatlarga duch kelgan hollar bundan istisno, albatta.

7. Bolaning shaxsiyati va qobiliyati faqat uning o`zi qiziqqan va istagan mashg`ulot bilan shug`ullanganda rivojlanadi.

8. O`smirlikdagi moda ketidan ergashish xuddi suvchechak kabidir – aksariyat bolalar uni o`ziga yuqtirib, engil yoki og`irroq boshdan kechiradi, bir necha yildan so`ng esa ortiga o`girilib, o`zining kulgusi qistaydi.

9. Farzandingizga o`z harakatlari yoki harakatsizligining salbiy oqibatlari bilan yuzma-yuz kelishiga imkon bering. Shundagina u ulg`aya boshlaydi va o`z harakatlarini idrok eta boshlaydi.

10. Bolaning nomaqbul xatti-harakati hayotning normal bo`lmagan shart-sharoitiga javoban normal reaktsiyasidir.

11. Qattiqqo`l ona boladan hissiy uzoqlashgan hisoblanadi, har holda bola shunday his qiladi.

12. Bolaning o`zligini saqlab qolishiga imkon bering. Unga doim nimalarnidir qilishga majburlab, nasihat qilib, siz aytgan vazifalarni nima bo`lishidan qat'i nazar bajarishga undamang.

13. O`z-o`zini anglash va o`z-o`zini tarbiya qilish bu – bola tarbiyasi uchun da'vogar ota-ona va o`qituvchining birinchi burchidir.

Farzandingiz xafa bo`lgan, ranjigan, omadsizlikka uchragan yoki nimadandir uyalgan yoki qo`rqqan holatlarda, yo unga nisbatan qo`pol yoki nohaq munosabatda bo`lishganda va hattoki u juda charchaganda ham birinchi qilishingiz lozim bo`lgan ish bu — uning holati yoki kechinmalaridan xabardor ekanligingizni unga bildirishdir!

To Top ↑
To Top ↑