Qonunchilikka ko`ra, kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlariga xushbo`y hid beruvchilar, rang beruvchi moddalar, konservantlar va rang beruvchi ekstraktlarni qo`shishga yo`l qo`yilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmonida bolalar ozuqa mahsulotlari uchun sharbat mahsulotlari — kichik yoshdagi (3 yoshgacha), maktabgacha yoshdagi (3 dan 6 yoshgacha) va maktab yoshidagi (6 va undan yuqori) bolalar ozuqasi uchun mo`ljallangan va tegishli yosh guruhidagi bolalar organizmining fiziologik ehtiyojlariga javob beruvchi sharbat mahsuloti ekanligi qayd etilgan.
Unga ko`ra, bolalar uchun tayyor sharbat mahsulotlari tarkibidagi eriydigan quruq moddalar miqdori quyidagicha bo`lishi lozim:
a) kichik yoshdagi bolalar uchun:
kamida 4 foiz va 16 foizdan ko`p emas — mevadan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning sabzavot sharbati qo`shilgan mahsulotlari uchun;
kamida 4 foiz va 10 foizdan ko`p emas — sabzavotdan (sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari bundan mustasno) tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qo`shilgan mahsulotlari uchun;
kamida 4 foiz va 11 foizdan ko`p emas — sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qo`shilgan mahsulotlari uchun;
b) maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar uchun:
16 foizdan ko`p emas — mevadan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning sabzavot sharbati qo`shilgan mahsulotlari uchun;
10 foizdan ko`p emas — sabzavotdan (sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari bundan mustasno) tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun va ularning meva sharbati qo`shilgan mahsulotlari uchun;
11 foizdan ko`p emas — sabzi va qovoqdan tayyorlangan sharbat mahsulotlari uchun.
Shuningdek, kichik yoshdagi bolalar uchun sharbat mahsulotlari muomalaga 0,35 litrdan ko`p bo`lmagan qadoqlarda muomalaga kiritilishi lozim.