Yaqinda bizga bo`lgan murojaatga ko`ra, ona kunduz vaqti bolasini uxlata olmasligi, ko`p harakat qilishidan toliqishi va bu uning sog`ligiga ta'sir qilishi mumkinligidan xavotirlanishini bildirgan. Biz ushbu murojaat yuzasidan mutaxassis fikri bilan qiziqdik.
Kunduzgi uyqu — to`g`ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo`lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o`rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o`tadi.
Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba'zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.
Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?
Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o`yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo`g`irchoq yoki yumshoq ayiqcha.
Kunduzgi uyquni qachon sababga ko`ra bekor qilish mumkin?
Bolaning asab tizimi doimiy og`irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo`ladi va faqat uyquda to`liq dam oladi. Yoshi o`lg`ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo`lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham etarli bo`ladi.
Bolalar ko`pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o`yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg`ongani sababli yuz beradi.
Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?
Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko`pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo`ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.
Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo`lsa nima qilish kerak?
Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo`lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo`lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig`ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.