x

Bir necha yil avval O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri G‘ulomiddin Xolboyev Ramazon oyida tug‘ilgan farzandlarga qanday ism qo‘yish lozimligi haqidagi savolga javob bergandi.

Unga ko'ra, shariatda Ramazonda tug‘ilgan bolaga ro‘zaga moslab ism qo‘yish shartligi haqida ko‘rsatma yo‘q. “Bola Ramazon oyida tug‘ilsa, Ramazon, Ro‘zi va Hayit ismini qo‘yish kerak” degan va yana shunga o‘xshash gaplari asossiz va islom diniga aloqasi yo‘q.

“Musulmonchilik an’analariga ko‘ra, Alloh taologa bandalik ma’nosini ifodalovchi, payg‘ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarini qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Unutmaylik, Ramazon — Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy bo‘lgani uchun aynan shu oyda Qur’oni karimni ko‘proq o‘qish tavsiya qilinadi. Zero Qur’oni karim eng ulug‘, eng afzal zikrdir. Bundan tashqari, tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig‘for (Astag‘firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi”, — degan O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo bo‘limi mudiri.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil O‘zbekistonda Ramazon oyi 11-mart kunidan boshlandi.

To Top ↑
To Top ↑