x

Itlarning odamlarga hujum qilishi doimo keskin va kompleks yondashuvni talab qiladigan masala bo’lib kelgan. Ko’pincha ana shunday xabarlarga ko’zimiz tushadi. Qolaversa axborot maydonidan tashqarida bo’lgan aholi bilan ham shu kabi holatlar uchrab turishi tabiiy hol. 

It hujumlari ba’zida bolalarga nisbatan sodir bo’ladi. Bolalar kichik va himoyasiz bo’lganliklari uchun holat muammoli vaziyatga aylanishi mumkin. Ma’lumotlarga ko’ra, Rossiyada yiliga it hujumlari soni 300 mingga yaqin, qurbonlar soni esa undan ham ko’proq. Vaziyatlarning 30%i bolalar bilan bog’liq bo’lib, ba’zi vaqtlarda o’lim ham kuzatiladi. 

Itlar nafaqat begonalar, balki, ba’zida o’z egalariga ham hujum qilishi mumkin. Bu ularning ruhiy holati va o’zgarishlari, quturish kabi kasalliklar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 

Har qanday it sayr vaqtida bog’langan bo’lishi, ba’zi zotdor itlarning tumshug’i yopilishi zarur. Statistikaga ko’ra, rus xalqidagi 300 ming it hujumi holatining 70%i uyda boqiladiganlari bilan sodir bo’lgan. Hayvonlarni tushunish imkonsiz bo’lgani uchun, doimo xavfsizlik choralarini ko’rish mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi.

To Top ↑
To Top ↑