2020 yilda 11, 13 va 16 yoshli 5147 bola ishtirokida o`tkazilgan tadqiqotda gazli ichimlik iste'moli va agressivlik o`rtasida bog`liqlik borligini aniqlangan. Mazkur tadqiqot mualliflari gazli ichimliklarni tez-tez iste'mol qilish ko`proq agressiv xatti-harakatlar, zo`ravonlik va depressiv alomatlar bilan bog`liq degan xulosaga kelishgan. Bu nima uchun ekanligi noma'lum, ammo javob gazli ichimliklar yuqori darajada qayta ishlanganligi va muammoli bo`lishi mumkin bo`lgan ko`plab mahsulotlarni, jumladan, asabiylashish bilan bog`liq bo`lgan aspartam va boshqa moddalarni o`z ichiga olishi mumkin. Kofein ham xulq-atvor muammolarining manbai hisoblanadi.
Shuningdek, shifokorlar Aynan Coca-Cola insulinning keskin ajralib chiqishi bilan chaqaloq organizmiga zararli ekanligini aniqlashgan. Sindrom huddi atseton darajasini ortishi bilan boradigan: oshqozon ishini buzilishi, ichakdagi og`riqlar va qusish bilan birga kechadi.
Shu sababli avvalo farzandlaringizga kuchli gazlangan ichimliklar iste'molini taqiqlashingiz lozim. Bunda esa albatta ota-ona va kattalar o`zlari o`rnak bo`lishlari katta ahamiyatga ega.