Har bir ota-ona o’z farzandini eng zo’r bo’lishini xohlaydi. Va bu yo’lda birinchi qadam poydevorni mustahkam qilishdir. Bola muvaffaqiyatlarga erishishi uchun unga har jabhada zarur bo’lgan imkoniyatlarni yaratish va qadriyatlarni o’rgatish muhimdir.
Uyingizda qulay muhit yarating
Uyda qulay muhit yaratish muvaffaqiyat urug’ini ekishga o’xshaydi. Uy vazifalarini, uy ishlarini, uxlash vaqtini o’z ichiga olgan kun tartibni loyihalashtiring. Farzandingiz maktabda olgan ko’nikmalari dolzarbligini bildirib, ularni hayotga tatbiq qilishda ko’maklashing. U umr bo’yi o’qib-o’rganishi, qiziqishini uyg’otishi va ilm olishga intilishida eng go’zal o’rnakni sizdan olsin.
Maktab bilan hamkorlikni yo’lga qo’ying
Farzandingiz o’qiyotgan maktabni siz faol ishtirok etadigan jamoadek tasavvur qiling. Bolangizning har bir yutuq va kamchiliklaridan xabardor bo’lish uchun, sinf rahbari, o’qituvchilar bilan keng qamrovli aloqani yo’lga qo’yishingiz kerak bo’ladi.Buning uchun maktabda bo’lib o’tadigan tadbirlar yoki ota-onalar majlislarida faol bo’ling. Ushbu aloqani o’rnatish orqali siz nafaqat farzandingiz o’qishdagi hayotidan xabardor bo’lasiz, balki, u uchun muvaffaqiyatga hissa qo’shuvchi manbaani ham yaratgan bo’lasiz.
Mas’uliyat va mustaqillik
Bolaga mas’uliyat va mustaqillik kabi xislatlarni singdiring. Aniq, oqilona qoidalarni belgilab, ular rioya qilishlari muhimligini tushunishganiga ishonch hosil qiling. Ularning kichik yutuqlarini ham e’tirof eting, kichik kamchilik va xatolariga biroz javobgarlik hissini his qilishlariga imkon bering, Ammo, bu holatni haddan oshirib yuborish salbiy tomonga xizmat qilishi mumkin.
O’sishni ta’minlang
Bolangizni ta’lim olish jarayonidagi har bir holatdan xabardor bo’ling. Agarda, mazkur holatda biror qiyinchilikni payqasangiz, darhol ularga yordam qo’lini cho’zishingiz zarur. O’qib-o’rganish uchun kerakli jihozlar bilan ta’minlang, imtihon yoki testlarga tayyorgarlik vaqtlarida ulardan o’z yordamingizni ayamang. Farzandingiz produktiv hayot kechirishi uchun, to’yimli nonushtadan boshlab, samarali uyqugacha normal nazoratni ushlab turish muhim hisoblanadi.